Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ 2022 yilning 1-choragida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirdi.
2022-04-20 00:07:45 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ 2022 yilning 1-choragida barcha belgilangan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarishga erishib, samarali natijalarni qayd etdi.

Kompaniya 2022-yilning 1-choragida Asaka va Xorazmdagi zavodlarida jami 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishdi. Shu bilan birga, Asaka zavodida 1-chorakda 19 192 dona Cobalt va 19 439 dona Lacetti avtomobil modellari ishlab chiqarildi. Xorazmdagi zavodida ushbu davr mobaynida 17668 dona “Damas” va 3540 dona “Labo” rusumli avtomobillar ishlab chiqarildi.

Ta’kidlash joizki, UzAuto Motors 1-chorakda Asakadagi zavodda asosiy ishlab chiqarishni to‘xtatmagan holda, yangi “Tracker-2” avtomobilini ham sinov tariqasida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirdi.