Yangiliklar

YANGI TRACKER: O'ZGARISHLAR VAQTI KELDI!
2021-01-25 09:08:09 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Yilning boshlanishi yangilanish uchun eng qulay fursat. Joriy yilning 25-yanvar sanasidan boshlab ko’pchilik uchun sevimli bo’lib ulgurgan CHEVROLET TRACKER krossoveri o’rnini yangi avlod TRACKER egallaydi.

Yangi TRACKER tashqi qiyofasi yanada jozibali bo'lib, xaridorlar uchun eng muhim bo’lgan jihatlarni o’zida mujassamlashtirgan:

· zamonaviy dizayn

· xavfsizlik

· qulaylik

· samaradorlik

· tejamkorlik.

Yangi TRACKER bilan tanishilgandan so'ng, uning zamonaviy, yuqori texnologiyali, dinamik va tejamkor avtomobil ekanligiga, shu bilan birga uning tashqi va ichki qiyofasi so’nggi stilistik yechimlarni o’zida jamlaganligiga hech qanday shubha qolmaydi.

Yangi TRACKER panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bo’lgan audio tizim bilan jihozlangan. Dinamik to'xtash chiziqlariga ega orqa kamera, katta sig’imli yukxona va sayohatingiz xavfsiz va maroqli o’tishi uchun mo'ljallangan boshqa ko'plab qulayliklar mashinani boshqarishingizda sizga huzur bag’ishlaydi.

Ishonchimiz komil, yangi model sizning didingizga mos keladi va shu bilan birga quyidagi texnik xususiyatlar sizga avtomobil boshqarishda yanada zavq bag'ishlaydi:

· zamonaviy uch silindrli ECOTEC turbomotor;

· aralash sikldagi yoqilg'i sarfi 5,5 l / 100 km, quvvati 123 ot kuchi;

· 6 pog'onali avtomatik uzatmalar qutisi;

· kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;

· yoqilg'i sarfini tejashga mo'ljallangan "STOP-START" intellektual tizimi;

· yangilangan va katta hajmli yukxona.

Yangi TRACKER 2021 yilning 25 yanvar sanasidan boshlab quyidagi komplektatsiyalarda, CHEVROLET standartlari talablariga to’liq javob beradigan dilerlik markazlarida xarid qilishingiz mumkin:

· boshlang’ich komplektatsiya*: 145 130 000 so’mdan boshlanadi;

·  LT komplektatsiya : 193 043 478 so’m.

*Boshlang’ich komplektatsiyadagi avtomobilni sotib olish istagini bildirgan xaridorlar dilerlik tashkilotlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga so'rov qoldirishlari lozim. Yetarli miqdordagi so'rovlar jamlanganidan so'ng, kompaniya ushbu avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berilishini ta'minlaydi.

Dillerlar ro'yxati: https://uzautomotors.com/chevrolet-tracker-2021

Narxlar QQSsiz ko'rsatilgan