Yangiliklar

«UZAUTO MOTORS» KOMPANIYASI O‘ZBEKISTON MILLIY KO‘RGAZMASIDA
2021-03-13 10:40:27 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Joriy yilning 11 – 12 mart kunlari poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “TEXNOPARK” hududida Prezident Sadir Japarov boshchiligidagi Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasining O‘zbekistonga oliy darajadagi davlat tashrifi doirasida «Made in Uzbekistan» milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada 14 mintaqada ishlab chiqariladigan 24 turdagi sanoat sohasiga oid mingdan ortiq mahsulotlar taqdim etildi. 

Tadbirda “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar ham faol ishtirok etishdi. O‘z navbatida «UzAuto Motors» AJ kompaniyasi ichki va tashqi bozorlarda sotuvga qo‘yilgan barcha avtomobillar qatorini namoyish etdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston xalqi nomidan Qirg‘izistonga “SamAuto” tomonidan ishlab chiqarilgan Isuzu D-Max avtomobillaridan 10 dona hamda Jizzax avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan Volkswagen Caddy 10 dona taqdim etilgan - umumiy 20 dona tez yordam mashinalari sovg‘a qilindi.