Yangiliklar

“UZAUTO MOTORS” TOJIKISTONDA CHEVROLET BRENDINI TAQDIM ETADI
2021-09-04 06:30:13 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto Motors Tojikiston bozorida Chevrolet brendining eng ommabop modellari: Chevrolet Spark, Cobalt, Nexia hamda Lacetti avtomobillarini namoyish etdi.

1

LESINVEST kompaniyaning rasmiy distribyutori sifatida Tojikistonda Chevrolet segmentatsiyasidagi avtomobillarni sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshqarib boradi.

2

Chevrolet avtomobillarining qulay narxi va sifat borasidagi ustunligi tufayli LESINVEST mavjud segmentlarning mamlakat bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashi hamda sotuvini ko‘paytirishni maqsad qilgan.

3

4

Bu borada, LESINVEST dilerlik xizmati faoliyatini yanada yaxshilash va raqobatbardoshlilikni oshirish maqsadida Chevrolet Spark, Cobalt, Nexia va Lacetti avtomobillarining sotuvi uchun mamlakatdagi yetakchi banklar bilan hamkorlikda kredit dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

5

6