Yangiliklar

UzAuto Motors xalqaro SAP Value mukofotining final bosqichiga chiqdi
2021-09-05 21:55:51 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

SAP Value Award mukofotining ekspertlar hayʼati “Uzavtosanoat” AJni 2021 yilda Rossiya va MDH mamlakatlari tomonidan SAPni amalga oshirish bo‘yicha oltita eng yaxshi keys “Ishlab chiqarish 4.0” nominatsiyasiga kiritdi.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish va aktivlarni boshqarish sohasidagi keysli nominatsiyada hakamlar hayʼatiga UzAuto Motorsning SAP S / 4HANA dasturining amalga oshirilish natijalari taqdim etildi.

SAP Value Award - har yili MDH mamlakatlaridagi kompaniyalar o‘rtasida o‘tkaziladigan nufuzli mukofot bo‘lib, SAP qarorlaridan foydalanish orqali erishilgan natijalar uchun beriladi.

2021 yilgi mukofot nominatsiyalari uchun "Gazprom neft", "Kasperskiy laboratoriyasi" va boshqa MDH mamlakatlarining yirik kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Hozirda mukofotning rasmiy saytida hakamlar hayʼati tomonidan g‘oliblarni aniqlash uchun ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda. Ovoz berish jarayoni shu yilning 6 oktyabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

2021 yilning mart oyida UzAuto Motorsda SAP S/4HANA tizimi joriy etildi. SAP bazasiga asoslangan qarorlar biznes jarayonlarni birlashtirishga, taʼminot samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va inventarizatsiya darajasini pasaytirishga yordam berdi.

sap2

SAP S/4HANA tizimini amalga oshirish natijasida ishlab chiqarishni rejalashtirish, sotib olish va ombordagi zaxiralarni boshqarish yagona tizim doirasida olib boriladi hamda ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy taʼsir ko‘rsatish uchun barcha bo‘limlarga onlayn tarzda taqdim etiladi.

Bundan tashqari, kompaniyada SAP tizimining joriy etilishi uning doimiy takomillashishi hamda rivojlanishi uchun asos bo‘ldi.