Yangiliklar

UZAUTO MOTORS ZAVODI MODERNIZATSIYA MUNOSABATI BILAN ISHLAB CHIQARISHNI TO'XTATADI
2020-12-25 18:10:02 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

 UzAuto Motors zavodida ishlab chiqarishni vaqtinchalik to'xtatish bo'yicha jamoatchilik orasida xavotir ortib borayotganligi sababli, to'xtatib turish ishlab chiqarish liniyalarida yillik rejalashtirilgan modernizatsiya amalga oshirish bilan bog'liqligini ma'lum qilamiz. 

 Shuningdek, tayyor mahsulotni yetkazib berish bo'yicha rasmiylashtirilgan shartnomalardagi barcha majburiyatlar o'z vaqtida va to'liq bajarilishini ma'lum qilamiz. Rejalashtirilgan modernizatsiya ishlarini amalga oshirish, ilgari shartnoma qilingan avtomobillarning NARXI VA YETKAZIB BERISH JADVALIGA ta'sir qilmaydi.

 Ushbu tadbir doirasida asosiy va yordamchi texnologik uskunalar va jihozlarni, kommunal xo'jaliklarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini profilaktik tekshirish, modernizatsiya va texnik xizmat ko'rsatish ishlarini olib borish, shuningdek ishlab chiqarish liniyasini modernizatsiya qilish doirasida ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi