Yangiliklar

XODIMLARNI RAG‘BATLASHTIRISHNING INNOVATSION USULI
2022-04-22 04:07:45 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugun “UzAuto Motors” AJ tashabbusi bilan HeadHunter kompaniyasi (Qozog‘iston vakillari) bilan hamkorlikda Zamonaviy boshqaruv menejmentga bag‘ishlangan konferensiya tashkil etildi. Unda mamlakatning 70 dan ortiq yetakchi tashkilotlarining soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mazkur konferensiyani tashkil etishning asosiy maqsadi, Xodimlar tashkilotning asosiy qadriyati sifatida ularning rolini oshirish, rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish va KPI tizimini tadbiq etishdagi asosiy masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va fikrlar xilma-xilligi asosida optimal qarorlar qabul qilishni yo‘lga qo‘yish.

Konferensiya davomida sohaning yetakchi vakillari tomonidan bayon etilgan tajribalar hamkor tashkilotlar faoliyatida xodimlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini rag‘batlantirishni shaffof, tizimlashtirilgan tartibda yo‘lga qo‘yishda ijobiy samara bo‘lib xizmat qiladi.

Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, HeadHunter—internet rekrutment bo‘yicha Rossiya, Belorus, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlatlarida faoliyat olib borayotgan, SimilarWeb statistikasi bo‘yicha rekrutment reytingida dunyo bo‘yicha 3 o‘rinni egallab turgan biznes kompaniya hisobdanadi. Kompaniya jami 450 ming korxonalar bilan, O‘zbekistonning 2 000 dan ziyod korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. “UzAuto Motors” AJ mazkur kompaniya bilan 2021 yildan buyon Xodimlarni boshqarish sohasida hamkorlikda ishlab kelmoqda.