Yarimoʼtkazgichlar

Dunyo bo'ylab avtomobil ishlab chiqarilishida yo'qotishlar 7,1 millionni tashkil etadi.
2021-08-21 05:15:40 Yarimoʼtkazgichlar
 
                          Yarimoʼtkazgichlar

Deyarli har hafta davomida yarimo'tkazgichlarning global tanqisligi sababli dunyo bo’ylab avtomobil zavodlari yopilishi kuzatildi. Bularning soni ko’paysa ko’payyaptiki, hech kamayadiganga o’xshamaydi.
thedetroitbureau.com saytining xabar berishicha, birgina o'tgan haftaning o’zida sanoat ishlab chiqaruvchilar 107 ming dona avtomobilni ishlab chiqarishmagan. Ford, GM, Stellantis, Nissan, Honda, Mercedes -Benz - hech bir kompaniya bundan sug'urta qilinmagan.
AutoForecast Solutions kompaniyasining yangi hisobotida aytilishicha, ishlab chiqarilmagan avtomobillar soni bora-bora 7,1 millionga yetadi. Kompaniyaning hisob -kitoblariga ko'ra, oxirgi yo'qotishlar 107 ming avtomobilni tashkil etdi – birgina Shimoliy Amerikaning o’zida 71,300 – Jahon sanoati esa shu paytgacha 5,96 mln avtomobilni yo’qotdi.
Nissan Shimoliy Amerikaning Tennessi shtatidagi zavodida 8 000 ta Rogue krossoverini, Missisipi zavodida 6700 ta Altima sedanini hamda Meksikada ishlab chiqariladigan 6 800 ta Sentra avtomobillarining ishlab chiqarilishini qisqartirdi. General Motorsda bu hisob 7 600 ta Chevrolet Equinox, shuningdek 6 400 ta Chevrolet Blazers hisobiga to’g’ri keldi.
Ishlab chiqarilmagan 5 960 000 ta avtomobillarning – 1.95 millioni Shimoliy Amerika hisobiga to’g’ri keladi. Biroq, Yevropa va Xitoy ham bundan qolishmayapti - mos ravishda 1,76 million va 1,22 million. AutoForecast Solutions kompaniyasi yakuniy natija Shimoliy Amerikada 2,25 million, Evropada 2,22 million va Xitoyda 1,28 million bo'lishi kutilayotganligini ta’kidladi.
AlixPartners bir necha oy oldin mikrochip tanqisligining global ta'siri avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun 110 milliard dollarga tushishini taxmin qilgandi, bu esa oldingi taxminlardan ikki barobarga ko'p. Keltirilgan raqamlar yana oshishda davom etishi mumkin, chunki Osiyodagi chip ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni tezlashtirishga harakat qilishmoqda.
Dunyo avtomobilsozlik sanoatida kuzatilayotgan mikrochip muammolari hamda uning natijasida yuzaga kelayotgan oqibatlarni o’rganamiz. Bizni kuzatishda davom eting.