Yangiliklar

27 YIL AVTOMOBIL BILAN BIRGA
2023-02-22 07:00:03 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Elektromontyor bo‘lish oson emas, chunki bunda elektr jihozlar, elektr qurilmalar, asboblar hamda sxemalar bilan ish olib borish, ular ishdan chiqib qolmasligi uchun holatini sinchiklab kuzatish agarda ishdan chiqqan bo’lsa ta’mirlash zarur bo‘ladi. Bu elektr jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishning muhim qismi bo’lib, avtomatlashtirish darajasi yuqori bo’lgan avtomobilsozlik sohasidagi ish uchun ayniqsa dolzarb.

Kadrda ruknining bugungi qahramoni avtomobilsozlik sanoatida 27 yildan beri tinimsiz mehnat qilib kelayotgan tajribali mutaxassis – Texnologiya va texnik xizmat ko’rsatish direksiyasi 3-payvandlash uchastkasi texnik xizmat ko’rsatish guruhi elektr jihozlarini ta’mirlash va xizmat ko’rsatish bo’yicha elektromontyori Jalilov Dilmurod.

Dilmurod Sotvoldiyevich kompaniyada o’z faoliatini 1996 yilda payvandlash uchastkasi ishchisi lavozimidan boshlagan. Mutaxassis mazkur kasbni tanlash to’g’risida gapirar ekan, sifatli ish uchun zarur bo’lgan asosiy ko’nikmalar yaxshi ko’rish, sezgir qo’llar, harakatlarni aniq muvofiqlashtirish, tasavvur va texnik fikrlashdir, deb hisoblaydi.

Bugungi kunda uning kasbiy vazifalariga energetika uskunalari va energiya tizimlariga to‘g‘ri va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, ishlab chiqarish obyektlaridagi barcha asbob-uskunalarning uzluksiz ishlashini va undan oqilona foydalanishni  tashkil etish, uning o‘z vaqtida ta'mirlash va oldini olishni bo‘yicha o‘tkaziladigan ishlarni nazorat qilishdan iborat.

Shubhasiz, Jalilov Dilmurodning ishi mas’uliyatli va jiddiy. Axir ishlab chiqarish jarayonidagi murakkab funksiyaga ega bo’lgan uskunalarning sifatli ishlashi har qanday kompaniyaning muvaffaqiyat garovidir.

Qahramonimiz ko’p yillik professional tajriba ega. Jalilov Dilmurod 27 yillik faoliyati davomida ko‘plab loyihalarda, xususan, xalqaro loyihasida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Shaxsiy sifatlari va mehnatsevarligi tufayli jamoa orasida hurmat qozongan. Shu bilan birga, u avtomobilsozlik sohasini rivojlantirishda zalvarli ishlarni amalga oshirmoqda. Mehnat faoliyati davomida 50 nafardan ortiq malakali shogirdlar tayyorlashga erishgan. U yosh kadrlarga kasbiy tajribasini doimiy ravishda oshirish va rivojlantirishni tavsiya qiladi.

Dilmurod Sotvoldiyevich o‘z kasbini va uning ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyatini yuksak qadrlaydi: Agar texnologik jihozlarni, elektr qurilma va asboblarga ta’mirlash ishi o’z vaqtida ta’minlamasa, unda uskunalar ishdan chiqishi, oqibatda obyektlardagi barcha ish to’xtab qolishi mumkin».

U ishida hammasidan ko’p korporativ birdamlikni va jamoaviy ruhni qadrlaydi. “UzAuto Motors" jamoasida bo’lish men uchun sharaf - deydi. Xizmat faoliyati davomida 2022-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.

Men kompaniyaning o’sishi va kelgusi yanada rivojlanishi yo’lida bundanda ko’proq yangidan yangi loyihalarni amalda tadbiq etishda o’z hissamni qo’shishni va bu bilan kompaniya obro’sini ko’tarishni maqsad qilganman. Bundan ham ko‘proq loyihalarda ishtirok etishni istardim!»,– deydi. ⠀

Mutaxassis bo‘sh vaqtini yaqinlari davrasida o’tkazishni yaxshi ko’radi. Dilmurod Sotvoldiyevichning baxti oilaviy qadriyatlar va yaqinlarining salomatligidadir, bu esa uning barcha rejalarini amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.