Yangiliklar

CHEVROLET — ENG YAXSHILAR ORASIDA YETAKCHI
2021-06-15 02:00:10 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Qozog‘iston avtobiznes Assotsiatsiyasi (AKAB)ning may oyidagi hisobotiga ko‘ra, Qozog‘istonda yengil avtomobillar sotuvi bo‘yicha o‘nta yetakchi brendlar orasidan, doimgidek, Chevrolet birinchi pog‘onani egallab, liderlik qilmoqda.

Unga ko‘ra, reytingning yuqori uchligida 2 791 dona avtomobil sotuvi bilan Chevrolet, ikkinchi o‘rinda 1 644 natija bilan Hyundai, Toyota dilerlari esa 1 398 dona avtomobil sotuvi bilan uchinchi o‘rinni egallashmoqda. Kia o‘tgan oylarga nisbatan avtomobil sotuvini 1 030 donaga ko‘paytirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilish uchun kurashmoqda.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar-may oylarida qozog‘istonliklar jami 44 369 dona yengil avtomobil, avtobus va yuk mashinalarini xarid qilishgan. Bu natija o‘tgan 2020 yilga nisbatan 68,8 foiz o‘sishni tashkil etadi.