Yangiliklar
Tanishing, yangilangan Chevrolet Malibu XL – yuqori ishlab chiqaruvchanlik, kontseptual jihatdan yangi darajadagi qulaylik va xavfsizlik borasida eng omadlilar uchun.
Biznes-klass avtomobilning yangilangan versiyasi o’z egasiga o’zgacha ko’rinish berish bilan birga qulay va xavfsiz boshqarish hissini ham beradi.
237 ot kuchiga ega 2,0 litr hajmli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Maksimal aylanish momenti 350 NM. Harorat boshqaruvining mukammal intelektual ATM tizimi tezda optimal ish holatiga kirish va boshqaruv davomida eng yaxshi tezlikka chiqishini saqlab turishi mumkin.
9 pog'onali avtomat uzatmalar qutisi (AUQ) uzatishni yumshoq almashtirib, jarayonni deyarli sezdirmaydi. Birgina asboblar panelida uzatishning raqamli belgilarda o’zgarishini kuzatib turishingiz mumkin. Shunga o’xshash kuchga ega bo’lgan dvigatelning xarakteristikasini umumiy qilib aytadigan bo’lsak, avtomobil trassasida sedanning yoqilg'i tejamkorligi 100 kilometrga 6,7 litrgacha yaxshilandi.
Malibu XL to'rt g'ildirakli mustaqil podveskadan foydalanadi, old va orqa rul bo'g'imlari alyuminiydan yasalgan bo'lib, u quyma temirga qaraganda yengilroq va elastikroq hisoblanadi, bu o’z navbatida butun mashinaning og'irligini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Bundan tashqari, Malibu Xlda tormoz tizimining ham ishlashi o’zgacha. Avtomobilning tormozlanish masofasi 100 km/s tezlikda taxminan atigi 37 m.
Malibu XL avvalgi Chevrolet Malibuda’gi keng opsiyalar to’plamidan tashqari, komplektatsiyasiga qarab eng ilg’or funksiyalar, interyer va eksteryerning yangi detallari bilan boyitilgan.
XAVFSIZLIK
Malibu XL yo’llarda xavfsizlikni intelektual ta’minlash bo’yicha eng so'nggi xususiyatlarga ega.
Avtomatik to'xtash tizimiga ega bo'lgan 10 yo'nalishdagi old va orqa to'xtash tizimi datchiklari oson va xavfsiz to'xtashga imkon beradi, ko’rinishi cheklangan joylar monitoringi tizimi yo'lingizdagi biror bir joyni nazoratsiz qoldirmaydi.
Oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol FCA va CIB tizimi to’qnashuv haqida ogohlantiradi va uning oldini oladi shuningdek, piyodalarni aniqlash tizimi PAEB boshqaruvda imkon qadar xavflikni ta’minlaydi.
LKA avtomobilni harakatlanish qatorida ushlab turadi, LDW yo’l chizig’ini bosganlik yoki undan chiqib ketganlik to’g’risida ogohlantiruvchi tizimi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tasadofiy yo'l-transport hodisalari xavfini oldini oladi.
DIZAYN
Avtomobilning yangi versiyasi dizayni barchaga tanish Malibu dinamik dizayni yon oynalarida qizil chiziq shaklida yorqin aksan bilan ajratilgan.
Black Piano uslubidagi lakonik qora Chevrolet logotipi bilan bezatilgan radiator panjarasi avtomobilga o’zgacha dadil ko’rinish beradi.
Avtomobil interyeri Chevrolet Redline avtomobillarining taniqli uslubida bezatilgan. Sieko qizil chizig’i avtomobil saloni bo’ylab cho'zilgan bo’lib, sport uslubidagi charm rul qora rang bilan Chevrolet logotipi bilan bezatilganligi qizil rang bilan uyg’unlashib uni yanada zamonaviy va o’ziga xos qiladi.
QULAYLIK
Malibu XL’dagi AQS havo sifatini tavsiflovchi datchik yaqin atrofdagi avtomobillardagi chiqindi gazlarni aniqlaydi va ularning salonga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu esa safar davomida havo sifati borasida tashvishlanmaslikka imkonini beradi.
Haydovchi uchun 10 va old yo’lovchi uchun 6 yo’nalish bo’yicha ventelyatsiya va elektr sozlamali zamonaviy, ergonomok o’rindiqlar hatto eng uzoq safarlarda ham maksimal qulaylik bilan ta’minlaydi.
Avtomatik sozlamali uzoqni yorituvchi IntelliBeam tizimi yorug'lik darajasiga qarab, u yetarlicha qorong’u va boshqa transport vositalari bo’lmaganda avtomobilning faralarini yoqadi va yorug'lik sharoitlari o'zgarganda ularni o'chiradi. Tizim old oynaning yuqori markazida joylashgan bo’lib, tizimni avtomatik ravishda boshqaradigan datchik yordamida ishlaydi.
Malibu XL avtomobillari 3 komplektatsiyada taqdim etiladi:
Malibu XL 1LT – 334 822 000 so'm
Malibu XL 2LT – 348 215 000 so'm
Malibu XL LTZ – 374 108 000 so'm
** Narxlar QQSsiz koʻrsatilgan
Yangilangan avtomobilning barcha afzalliklari bilan tanishish va batafsil ma’lumot olish uchun kompaniya rasmiy sayti hamda www.chevrolet.uz, rasmiy dilerlar yoki call-markaz raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
(+998) 78–141–77−77)
** Malibu XL avtomobilini “UzAuto Motors”ning rasmiy saytidagi avtomobilni sotish uchun avtorizatsiyadan oʻtgan dilerlik markazlaridan xarid qilishingiz mumkin.