Yangiliklar

“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe modellariga sotuv boshlanganini e’lon qiladi.
2022-03-04 01:15:08 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Hashamatli avtomobil ixlosmandlariga tanish bo'lgan yangilangan Chevrolet Traverse va Chevrolet Tahoe 2022 modellari uchun bugundan boshlab shartnoma tuzish mumkin.

Yangilangan Premium avtomobillar yoqimli sayohatlar uchun qulay va eng ilg'or xavfsizlik xususiyatlariga ega bo'lganligi bilan oldingilaridan farq qiladi.

 

Chevrolet Tahoe 2022

Uzunligi besh metrdan oshiq bo’lgan avtomobil salobatli ko’rinibgina qolmay, yonilg'i sarfini kamaytirish uchun zamonaviy 5,3 litrli dvigatel hamda 10 pog'onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Chevrolet Tahoe dvigateli 343 ot kuchiga ega bo’lib, 512 Nm maksimal aylanish momenti- 8 soniyada 100 km/sgacha tezlanadi.

 

 

Chevrolet Tahoe "Magnetic Air Ride Control" pnevmatik osma tizim bilan jihozlangan. Avtomobil har qanday sharoitda qo’llanilishidan qat’iy nazar har qulay harakatlanishni ta'minlaydi. Avtomatik kruiz-kontrol tizimi avtomobilni harakatlanish qatorida ushlab turib, doimiy barqarorligini ta’minlaydi hamda to’satdan to’siq paydo bo’lganda avtomatik tarzda tormoz tizimini faollashtiradi. 

 

Yangi Chevrolet Tahoe 2022 10,2 dyumli sensorli axborot-ko‘ngilochar ekraniga ega. Shuningdek, unga 9 ta kalonkadan iborat premium "Bose" dinamiklari ulangan. Ekranda avtomobil holatini 360 gradusda ko'rish mumkin.

 

Chevrolet Tahoe 2022 yil modelining yangi opsiyalari quyidagilar:

– Panoramali lyuk;

– simsiz quvvatlash qurilmasi;

– piyodalarni aniqlash tizimi;

– havo aylantirish xususiyatiga ega bo'lgan charm o'rindiqlar;

– masofadan garaj eshigini boshqarish funksiyasi;

– 3 zonali iqlim nazorati (klimat-kontrol) tizimi;

– to'liq old va orqa diod faralar;

– o'chirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;

– old o'rindiqlar ventilyasiyasi.

–   360ͦ  kamera;

– harakatlanish qatorini saqlash;

va boshqalar.

 

Chevrolet Traverse 2022

 

Traverse 3.6 litrli V6 dvigateli 318 ot kuchiga ega bo'lib, 7.6 soniyada 100km/s gacha tezlanish bilan avtomobilni qulay boshqarishni hamda yoqilg’i tejamkorligini ta’minlaydi. Yetti o’rindiqli avtomobil qulaylik uchun eng so’nggi funksiyalar bilan birga ko'ngilochar hamda xavfsizlik bo'yicha eng ilg'or texnologiyalarni taklif etadi.

 

Rangli 8 dyumli sensor ekran 10 ta kalonkadan iborat premium "Bose" dinamikli multimedia tizimiga ega. Xavfsizlik texnologiyalari va texnik xususiyatlari tufayli Traverse bilan yilning istalgan vaqtidagi har qanday safarda o'zingizni yanada ishonchli va erkin his qilasiz.

 

Chevrolet Traverse 2022 yil modelining yangi opsiyalari quyidagilar:

–   Oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol

–   avtomatik tormoz tizimi;

–   to'liq old va orqa diod faralar;

–   o'chirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;

–   xavfdan ogohlantiruvchi o’rindiq;

–  oldidagi avtomobilga nisbatan distansiya monitoring sistemasi;

–  harakatlanish qatorini saqlash;

–  simsiz quvvatlash qurilmasi va boshqalar.

 

Chevrolet Traverse hamda Tahoe 2022 modellari uchun shartnomani UzAuto Motorsning quyida nomlari keltirilgan rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

– Nurafshon Autocentre

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri Birlik MFY, Toshkent yo’li ko’chasi.

Telefon: (97) 705 02 22; (71)-203-30-20

– Drivers Village

Manzil: Toshkent shahri, Zangiota tumani, O’zgarish KFY, Kichik Xalqa Yo’li

Telefon: 371-200-70-70; 371-200-07-00

– Sergeli-Avtotexxizmat

Manzil: Sergeli tumani, Obihayot ko’chasi, 39.

Telefon: 78-147-74-77

 

Chevrolet Traverse 2022 yil modeli:

- Boshlang’ich komplektatsiya: 408 009 595  soʻmdan.

- Premier AT MY22 komplektatsiya: 563 130 435 soʻm.

Chevrolet Tahoe 2022 yil modeli:

–    Boshlang’ich  komplektatsiya: 519 728 198 soʻmdan.

–    RST AT MY22 komplektatsiya: 823 913 043 soʻm.

*Narxlar QQSsiz ko’rsatilgan.

Boshlang’ich komplektatsiyali avtomobilni sotib olish istagida bo’lgan xaridorlar, kompaniyaning rasmiy dilerlarida ariza qoldirishlari yoki rasmiy sayti info@uzautomotors.com orqali onlayn tarzda ariza yuborishlari mumkin. To’plangan arizalarning soniga qarab, kompaniya ushbu avtomobilning yetkazilib berilishini ta’minlaydi.

Batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga hamda call-center telefon raqamlariga murojaat qiling: +998)78–141–77−77.