Yangiliklar

“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan tashkil etilgan tarmoqlararo komplayens treningi katta qiziqish bilan o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlarda “UzAuto Motors” AJ xodimlari ham faol ishtirok etib, zamonaviy biznesda dolzarb bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha yangicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Trening davomida ishtirokchilar sanksiyalar va eksport nazorati, biznes hamkorlarini kompleks tekshirish, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, monopoliyaga qarshi komplayens va korrupsiyaga qarshi kurash masalalarida koʻnikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlishdi. Shuningdek, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar keng muhokama qilindi.
Amaliy munozaralar shaklida oʻtgan trening davomida real misollar asosida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topib, kundalik ish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan muhim tajribaga ega boʻlishdi.
Mazkur tashabbus nafaqat xodimlarning malakasini oshirdi, balki korporativ komplayens madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
“UzAuto Motors” AJ vakillarining faolligi esa kompaniyaning global biznes standartlariga rioya etayotganini namoyon etadi.