Press-reliz

«GM Uzbekistan Alyansi» O‘zbekiston avtosanoatining kelajakdagi taraqqiyotini ta’minlaydi.
2017-10-26 16:36:11 Press-reliz
 
                          Press-reliz
  • «O‘zavtosanoat» AJ hamda GM kompaniyasi yangi GM-O‘zbekistan Alyansini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu O‘zbekistonning o‘sib borayotgan avtomobil sanoatining talablariga javob beradigan yangi hamkorlik platformasi sanaladi. «O‘zavtosanoat» AJ hamda GM kompaniyasi Chevrolet va Ravon brendlari ostida savdoni rivojlantiradi.

«O‘zavtosanoat» AJ va GM kompaniyasi O‘zbekiston avtosanoati rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan yangi Alyans doirasida hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshiradi. «GM O‘zbekiston Alyansi» mamlakatimiz avtosanoatini mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga o‘z hissasini qo‘shadi. 

«GM O‘zbekiston Alyansi» doirasida, «O‘zavtosanoat» AJ hamda GM kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillar va dvigatellarini ishlab chiqarish, hamda ichki va tashqi bozorda Chevrolet va Ravon brendlari ostida avtomobil savdosi bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.

2007 yildan buyon «O‘zavtosanoat» va GM kompaniyasining o‘zaro hamkorligi yurtimizda avtomobil ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshishini ta’minladi. Hamkorlik doirasida mahalliy yetkazib beruvchilar tarmog‘ini kengaytirish, mahalliy xodimlarning salohiyatini oshirish, ichki va tashqi bozorlardagi mijozlarga yuqori sifatli avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi.

«O‘zavtosanoat» AJ va GM kompaniyasi fikricha, munosabatlarning yangi shakliga o‘tish so‘nggi 10 yil davomidagi sohaning rivoji va uning salohiyatini oshganligini aks ettiradi. O‘zaro munosabatlarning qo‘shma korxona shaklidan «GM Uzbekistan Alyansi» sifatida qayta tuzilishi O‘zbekiston milliy avtosanoatining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Tomonlar yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalar ustida ishlashda davom etadi. «GM Uzbekistan Alyansi» doirasida tomonlar shuningdek MDH va yangi bozorlarda eksportni kengaytirish masalalarini o‘rganishadi.

Alyans shuningdek GM kompaniyasining avtomobil texnologiyalari va nou-xaularidan foydalanishni ta’minlaydi.

Alyans doirasida «O‘zavtosanoat" AJ avtomobil va dvigatellarni ishlab chiqarish bo‘yicha operatsion faoliyat, shu jumladan tashqi bozorda GM mahsulotlari uchun Ravon brendini dunyoga tanitish bo‘yicha nazoratni to‘liq o‘z zimmasiga oladi. «O‘zavtosanoat» AJ hamkorlikdagi faoliyat fundamenti bo‘ladigan Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarish va mamlakatimiz ichki bozorida sotishni davom etadi, Ravon brendining tashqi bozorga yetkazib berish esa kengaytiriladi.

«Sohaning mustahkamlanayotganini inobatga olgan holda, xozir Alyansga o‘tishning ayni vaqti. GM kompaniyasi O‘zbekistonda qoladi va mamlakatdagi avtomobil sanoati rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi», - deydi GM Operations Uzbekistan rahbari janob Xektor Vilyarreal.

Ikki tomon Alyansga o‘tish bandlik darajasiga yoki avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmasligini tasdiqlaydi. GM kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni, hamda O‘zbekiston avtosanoatini konsultativ hamda texnik ko‘mak berishga yo‘naltirilgan yangi tashkil topayotgan GM Advisory Services kompaniyasi orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.