Yangiliklar

AN’ANAGA AYLANGAN PRESS TUR
2021-05-21 11:36:32 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Joriy yilning 19-may kuni “UzAuto Motors” AJ da an’anaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan navbatdagi press tur maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hokimlari, boshqarma boshliqlari hamda xalqaro va mahalliy OAV vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi. 

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mamlakatimizning eng yirik korxonalaridan biri boʻlgan Asaka zavodidagi avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirish va bu orqali ularning kelgusida yosh kelajak avlodga bilim berishda boʻlgan ishtiyoqini, malakasini oshirishdan iborat.

 

Mehmonlar ekskursiya davomida zavodda avtomobillarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarning guvohi bo'lishdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuv chogʻida qatnashchilar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda yangi avtomobillarni ishlab chiqarish va oʻzlashtirish borasidagi olib borilayotgan ishlar haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Press tur yakunida qatnashchilar “UzAuto Motors” AJga esda qolarli ekskursiya uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Bularning barchasi yosh avlodning puxta bilimli, keng dunyoqarash egasi boʻlib voyaga yetishida xizmat qiladi degan umiddamiz.