Yangiliklar

Andijon mashinasozlik institutida UzAuto korxonalarining bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2023-05-26 19:25:46 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Andijon viloyatidagi yosh mutaxassislarni mashinasozlik sanoatiga jalb etish dasturi doirasida UzAvto kompaniyasi Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda sanoat korxonalarining bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etdi.

Yarmarkada Andijon mashinasozlik instituti bitiruvchilari va 3-kurs talabalarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida viloyatdagi 10 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari xususan, “UzavtoComponent” MCHJ, “Avtooyna” MCHJ, “Auto Rubber” MCHJ, “Uz-Koram Co” MCHJ, “Uz-DongWon Co” QK, “UzChasys” MCHJ, “Uzsungwoo” MCHJ, O’z Auto-Austem QK MCHJ, “Uz Tong Hong Co” AJ QK, "Avto Climate Control" MCHJ kabi bir qancha sanoat korxonalari o’zlarining 100 ga yaqin turli darajadagi bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashishdi.

 

Avtomobilsozlik sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish uchun Andijon mashinasozlik institutida tahsil olayotgan, ishga joylashishga ehtiyoji mavjud jami 500 nafardan ortiq talabalar ishtirok etgan bo‘lsa, ulardan 300 nafari  nafari ishga joylashish uchun ariza qoldirgan.

 

 

Tadbirning tantanali ochilishi Andijon viloyati hokimining Sanoat masalalari bo‘yicha o’rinbosari Alisher Xalilov ishtiroki bo’lib, ayni paytda mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishida mavjud bo’sh ish o‘rinlariga yosh iqtidorli kadrlarni jalb etish imkoniyatini yaratish, shuningdek, ularni ishga joylashishlari uchun ko‘maklashish nechog‘li ahamiyatli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Tadbir davomida ishtirokchilar ish beruvchi korxonalarning malakali mutaxassislari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, uning lavozim vazifalari, yaratilgan ish sharoitlari, ijtimoiy yordamlar va maoshlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lishdi. 

 

 

Qayd etish lozim, ushbu mehnat yarmarka institut bitiruvchilariga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish beruvchilar bilan o’zaro shartnoma tuzish uchun qulay imkoniyat yaratdi, — deydi Andijon mashinasozlik instituti "Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar" bo‘yicha prorektori Akmaljon Ermatov.

 

Yarmarka natijasida ko‘plab ishtirokchilarga yo‘llanmalar berildi va mehnat shartnomalari imzolandi.