Axborot xabari
Autostrada.uz saytida UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt mexanik uzatmali avtomobilini sotuvdan olganligi to'g'risida xabar e'lon qilindi.
"UzAuto Motors" kompaniyasi ushbu xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligi, feyk xabar ekanligini ma'lum qiladi.
Ta'kidlash joizki, "UzAuto Motors" Chevrolet Cobalt MT avtomobili ishlab chiqarishdan olinganligi haqida rasmiy xabar bermagan. Kompaniya media sohasi vakillari va blogerlardan tasdiqlanmagan va haqiqatga to'g'ri kelmaydigan axborotlarni tarqatmasliklarini so'raydi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet orqali yolg'on ma'lumot tarqatganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan.
Kompaniya faoliyatiga oid barcha o'zgarishlar UzAuto Motors rasmiy kanallarida yoritib boriladi.