Yangiliklar

“AVTOLADY”LAR UCHUN TOP 6 AKSESSUAR VA QO'SHIMCHA JIHOZLAR
2021-11-30 05:02:05 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bir qarashda ayol kishining avtomobilini aniqlash mumkin, chunki ular ko’pincha xarakteri va shaxsiyatini tavsiflovchi qo’shimcha aksessuar va atributlardan foydalanishadi. Avtomobil salonida qulaylik va xavfsizlikni yaratishda ayol kishining yondashuvi har bir detalning o’ylanganligi bilan erkaklarnikidan farq qiladi.

Ayollar har bir ishida o’ziga xos alohida individuallikni olib kirishadi. Hatto ular uchun erkaklardan farq qiladigan alohida avtomobil aksessuarlari ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda avtomobil bozori va do’konlarida siz aksessuarlar uchun juda ko’p takliflarni ko’rishingiz mumkin.

Ayollarga qanday yoinki, qaysi aksessuarlar avtomobil boshqaruv rulida o’zlarini xavfsiz, ishonchli va qulay his qilishlariga yordam beradi?

Videoregistrator;
Aromatizator – ionizator;
Start/stop
Tirsak osti joyi (подлокотник);
Mobil telefon uchun ushlagich;
Parktronik.

Avtomobil ayollar uchun har qanday vaziyatda toza va chiroyli bo’lishi kerak bo’lgan to’rt oyoqli haqiqiy uy hisoblanadi. Qishki mavsumga keladigan bo’lsak, ayollar avtomobil ichki salonida qo’shimcha turli xildagi mexli chexollardan keng foydalanishadi. Shuningdek, ular avtomobilni boshqaruv ruliga ko’proq ahamiyat berishadi. Salon ichki qismida turli xildagi bezakli hamda yumshoq o’yinchoqlardan foylanishadi.

Go’zal ayollarimizga yo’lda o’zlarini xavfsiz va himoyalangan hamda qulay his qilishlarini tilab qolamiz.