Yangiliklar

Avtomobilingizni faqat professionallarga ishoning!
2021-08-17 20:30:29 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda bir bloger tomonidan avtomobil moy filtrlari solishtirilgan video tarqaldi. Avvalo, bugungi kundagi dolzarb mavzulardan birini ko‘tarib chiqqanligi uchun, o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ammo, shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlari haqida noprofessional yondashuv sababli yuzaga keladigan turli xil fikrlardan xaridorlarni diqqatli bo‘lishga chaqiramiz.

Nimaga noprofessional?

Birinchidan: Avtomobil ehtiyot qismining vizual ko‘rinishi orqali, uning texnik xususiyatlariga baho berishning iloji yo‘q.

Ikkinchidan: Mahsulot uchun ishlatilgan xom-ashyo haqida ma’lumotga ega bo‘lmay turib, uning sifati haqida xulosa qilish imkonsiz.

Uchinchidan: Ushbu filtr tasdiqlanish jarayonida, GM talablariga muvofiq laboratoriyaviy hamda kompaniyaning 20 ta standartiga javob beradigan test sinovlaridan o‘tkazilinadi.

Ular issiq moyga qarshilik, past haroratlardagi yopishqoqlik, klapan ochilishdagi va klapan to‘liq ochilgandagi bosim, sovuq ishlab chiqarish simulyatsiyasiga javob beradigan test sinovlaridan o‘tadi. Barcha sinovlar GM kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

To'rtinchidan: Narx bo‘yicha keltirilgan ma’lumot kompaniya tomonidan belgilangan rasmiy narxga mos emas.

Moy filtrlarining rasmiy dilerlarda sotilish narxi taxminan 30 000 so‘mga yaqin turadi. Shuningdek, dvigatelning uzoq muddat xizmat qilishi uchun GM kompaniyasining original moylarini ishlatishni tavsiya etamiz. Sotilish naxi 3.8 litr uchun 200 000 so'mdan boshlanadi.

Hurmatli iste’molchilar! Avtomobilingizni faqat professionallarga ishoning! Ehtiyot qismlarni kompaniyaning rasmiy dilerlaridan xarid qilib, kafolatli xizmatga ega bo‘ling!