Yangiliklar

Avtomobillarga shartnoma tuzish boshlangan birinchi kunning o’zidayoq, bir necha soat ichida 13 mingdan ortiq shartnoma tuzildi
2022-03-05 01:56:15 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Yangi avtomobillar uchun shartnoma tuzish boshlanganligi haqidagi xabar O’zbekiston fuqarolari tomonidan katta ishtiyoq bilan qabul qilindi. Kompaniya rasmiy xabari e’lon qilingandan so’ng, bir necha soat ichida 13 203 ta avtomobilga shartnoma tuzildi.

Kontraktatsiyaning ochilishi hamda yangi avtomobillarga sotuvning boshlanishiga bo'lgan yuqori talab va qiziqish sababli, dilerlik korxonalar oxirgi mijozga qadar ishlashga qaror qilishdi.

Chevrolet Lacetti avtomobili uchun 6.300 ta va Chevrolet Cobalt modeli uchun 4 700 ta shartnoma tuzilgan. Ushbu avtomobil modellari xaridorlar orasida eng ommabop modellar bo’ldi.

E’tiborlisi, “Chevrolet Traverse” va “Tahoe” avtomobillarini xarid qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanganidan so‘ng, dastlabki 20 daqiqada kompaniyaga 200 dan ortiq buyurtmalar kelib tushgan. Ushbu avtomobillarga ariza qabul qilishning ilk kuni natijalariga ko'ra, 320 dan ortiq buyurtmalar olingan.

Eslatib o’tamiz, 3-mart kuni “UzAuto Motors” avtomobillari uchun shartnoma tuzish boshlangandi. Shuningdek, kompaniya xaridorlarga qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida, oldinda to’lov miqdorini 85% dan 50 % ga tushirdi.