Yangiliklar

Avtoservis egalari va haydovchilar diqqatiga!
Chevrolet avtomobillari uchun ehtiyot qismlarni qulay narxlarda ulgurji xarid qilish imkoniyatini taqdim etuvchi qulay taklifdan foydalanishga ulgurib qoling!
“UzAuto Motors” AJ avtomobil egalari hamda avtoservis sohasi vakillarini Farg‘ona shahrida o‘tkazilayotgan Chevrolet avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yarmarkasiga taklif etadi.
Unda Chevrolet modellari uchun mo‘ljallangan ehtiyot qismlar assortimenti, 10 mingdan ziyod turdagi ehtiyot va butlovchi qismlar keng jamoatchilikka namoyish etiladi.
Mazkur tadbir, avvalo, ehtiyot qismlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ishtirokchilar mahsulot bilan yaqindan tanishib, ularni ulgurji narxlarda xarid qilish va bozorga yangi chiqarilayotgan mahsulotlar haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Qoʻshimcha ma’lumot olish uchun +998 90 136 77 66 raqamiga murojaat qiling.
Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.