Yangiliklar
Avtoservis xodimlarining zamon talablarini hisobga olgan holda, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash sohasidagi kasbiy faoliyatida zarur boʻlgan fundamental bilim va koʻnikmalarni shakllantirish shuningdek, mijozlarga nisbatan muomala madaniyatini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida “UzAuto Motors” AJ o’quv-ishlab chiqarish injinering markazida “Pit stop Motors” MCHJning texnik xizmat ko’rsatish xodimlari uchun trening o’tkazildi. Markaz xodimlari A.Shonazarov, X.Sarmonov, D.Djumayev, S.Adilov, G.Shegaylar tomonidan eksklyuziv master-klas bo’lib o’tdi. Ular o’zining mahorat darsida tinglovchilarga avtoservisda yuqori malakali avtochilangar boʻlish sirlarini o’rgatishdi.
Trening avvalida o’quv markazi rahbari Dilnoza Artikova uchrashuvning maqsadi haqida so‘zlab berdi, mehmonlarga barcha spikerlarlarni tanishtirdi va mahorat darsida uchrashuv ishtirokchilarini nimalar kutayotgani haqida gapirib berdi.
Tadbir yakunida tinglovchilarning avtoservis ishi boʻyicha bilimlari qay darajada ekanligi oʻzaro suhbat va test sinovlari orqali aniqlandi.
Shu bilan birgalikda barcha oʻquv va amaliy mashgʻulot xonalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mehmonlar uchun ekskursiya oʻtkazildi.