Yangiliklar

BO INGE ANDERSSONNI TUG’ILGAN KUN BILAN TABRIKLAYMIZ
2021-10-17 00:56:40 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” bosh direktori Bo Inge Andersson ilk bor tug’ilgan kunini O’zbekistonda nishonlamoqda.

“Uzavtosanoat” AJ hamda “UzAuto Motors” kompaniyasi jamoalari Bo Inge Anderssonni tavallad ayyom bilan tabriklaydi! Ushbu tantanali va bayramona kunda O’zbekiston avtomobilsozligi sanoatining rivoji yo’lida qilayotgan ko’p qirrali faoliyatingizga chin dildan omadlar tilaymiz. Boshqa mamlakatlarda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga qo’shgan bebaho hissangiz mamlakatimizda ham muvaffaqiyatlarga erishishingizga asos boʻladi.  

Sizning ulkan tajribangiz va so’nmas ishtiyoqingiz barchamizga keyingi barqarorlikka va yuqori marralarni zabt etishimizda ishonch bag’ishlaydi. 

Sizning sergak rahbarligingiz ostida va “UzAuto Motors” iste'molchilarining bevosita ishtirokida avtomobillarning sifati va narxi bilan ijobiy o'zgarishlar boʻlishiga ishonchimiz komil. Har bir kuningiz erishilgan natijalardan, hamfikrlaringizning tushunishi va qo’llab-quvvatlashidan xursandchilik bilan to’lsin. Siz va yaqinlaringizga tinchlik, farovonlik va baxt tilaymiz. 

Cheksiz hurmat va eng yaxshi tilaklar bilan “UzAuto” va “Uzuto Motors” jamoasi.

Eslatib o’tamiz, Bo Inge Andersson joriy yilning avgust oyida "UzAuto Motors" AJ va "UzAuto Motors Powertrain" AJ bosh direktori etib tayinlangan edi.

Shvetsiya Harbiy Akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi, Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavri bo‘lmish Bo Andersson avtomobilsozlik sohasidagi eng ilg‘or top-menejer bo‘lib, sohada o‘z faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning «Saab Automobile AB» kompaniyasida boshlaydi.

Bo Inge Anderson

Adam Smit xalqaro avtomobil forumida Bo Andersson Rossiya avtomobilsozlik sanoatida “2010 yilning eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi. 2011-yilda Andersson Yevropa avtomobilsozlik sanoatining eng muvaffaqiyatli rahbarlarini aniqlash uchun “Automotive News Europe” tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Eurostars” mukofotida “Rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha Yevropa avtomobil sanoatining eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi.

2012-yilda Bo Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi nashriyoti “Automotive Supply Chain”dan “GAZ Group”ni inqirozdan keyin moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakchiligini ta’minlagani uchun “Eng yaxshi yutuqlar” mukofotiga sazovor bo‘ladi.

Bo Inge Anderson