Yangiliklar

«BOLALAR SHAHARCHASI”DAGI BIR OLAM ZAVQ
2021-06-03 02:00:10 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

«UzAuto Motors» AJ tashabbusi bilan Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Bolalar shaharchasi” mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram dasturxoni tashkillashtirildi.

Kun davomida bolalarni xursand qilish, bayramona kayfiyat ulashish maqsad qilingan bayram dasturi doirasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga teatr namoyish qilindi.

Bolalarni xoh kichik bo‘lsin, xoh katta bo‘lsin – har qanday sovg‘a-yu shirinliklar zavq-shavqqa to‘ldiradi. «UzAuto Motors» mana shu zavqni ulashdi. Bolalar shaharchada istiqomat qilayotgan o‘g‘il qizlarga kundalik hayotga zarur bo‘lgan buyumlar, sport anjomlari bilan birga esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

Ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik, maskan tarbiyalanuvchilarining jajji va murg‘ak ko‘nglini tog‘dek ko‘tarib, kelajakdagi faoliyatlarida o‘z samarasini ko‘rsatadi degan umiddamiz.

«UzAuto Motors» AJ ning bayramona tashrifi “Bolalar shaharchasi”dagi tarbiyalanuvchilarga manzur bo‘lib, shodlik baxsh etdi.

Zero, har bir bola mehr va g‘amxo‘rlikni his etib ulg‘ayishi muhimdir.