Yangiliklar

ENG A'LOSI FAQAT BOLAJONLAR UCHUN!
2021-05-12 04:58:45 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Kompaniyasi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida bolalar tomonidan chizilgan rasmlar uchun "ENG A'LOSI FAQAT BOLAJONLAR UCHUN!" shiori ostidagi 3 xil nominatsiya bo’yicha ijodiy tanlov e'lon qiladi.

Tanlovning asosiy sharti - avtovobillar bilan bog’liq ixtiyoriy mavzuda rasm chizish (orzuimdagi avtomobil, oilamizning bir qismi bo'lgan avtomobil, kelajak avtomobili va hokazo).

Nominatsiyalar: 
UzAuto Motors Kids - 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar;

UzAuto Motors Junior - 8 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalar; 

UzAuto Motors Tween - 11 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Tanlov shartlari: 
Bolalar avtomobillar mavzusiga oid rasm chizishlari zarur; 
Joriy yilning 20-may kuniga qadar chizilgan rasmlar suratga olinishi va @UzAutoMotors_Kids_Bot telegram-botiga ishtirokchining ism - familiyasi, yoshi va aloqa uchun telefon raqami yuborilishi kerak. Bot tomonidan har bir ishtirokchi uchun alohida ID raqam beriladi;
21 may kuni ovoz berish jarayoni uchun maxsus Telegram kanal nomi e'lon qilinadi; 
Ovoz berish jarayoni 21 maydan 28 mayga qadar ochiq tarzda bo’lib o’tadi va uning natijalariga ko'ra tanlov g'oliblari aniqlanadi; 

2021 yil 1-iyun kuni Toshkent shahridagi Ashxobod bog'ida soat 17:00 dan 19:00 ga qadar, bolalar uchun “UzAuto Motors” AJ kompaniyasi tomonidan tashkillashtiriladigan bayram dasturi doirasida maxsus sovrinlarni tantanali ravishda o’z g’oliblariga topshirish marosimi bo'lib o'tadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz va sizdan eng original va kreativ rasmlarni kutib qolamiz!