Yangiliklar
Bugun UzAuto Motors Asaka zavodi konveyeridan 487 104 chi Chevrolet Lacetti ishlab chiqarildi. U tarixda so‘nggi Lacetti (Gentra) bo‘lib muhrlandi.
2013-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan Chevrolet Lacetti ilk yillarda 11 222 dona ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich 89 565 donaga yetdi.
Oʻtgan 10 yil davomida u ko‘plab avtomobil ixlosmandlari uchun ishonchli va qulay avtomobil bo‘lib xalq avtomobiliga aylanib ulgurdi.
U avtomobil bozorida o‘z o‘rni hamda mavqeini mustahkamlab, xalq qalbidan munosib oʻrin oldi.
Barcha mijozlarimiz va hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
Soʻnggi yangiliklar bilan batafsil tanishish uchun kompaniyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.