Yangiliklar

«O`zavtosanoat» kompaniyasi avtomobil ehtiyot qismlarining sotuvi bo‘yicha hamkorlikni taklif etadi
2021-08-24 05:05:59 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugungi kunda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, «O`zavtosanoat» kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan mahalliy avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. Ular qatoriga avtomobil bamperlari, faralari, radiatorlari va boshqa bir qator mahsulotlar kiradi. 

Kompaniya ushbu mahalliy mahsulotlarning uljurgi sotuvini tashkil etish bo‘yicha dilerlik markazlari hamda tadbirkorlar bilan samarali hamkorlik qilishga tayyor. 

Kompaniya buyurtma qilingan mahsulotni 100% oldindan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, 10 ish kuni muddatida yetkazib beradi.

Mahalliy ehtiyot qismlar bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish imkoniyatiga egasiz: https://uzautomotors.com/companies/parts

Taklif etilayotgan xizmatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni olish uchun

(998 78) 140 55 40 ichki 3 1660#

(998 78) 140 55 40 ichki 3 1622; 1648; 1618#

telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Biz hamkorlikka tayyormiz! Hamkorlik uchun qulay imkoniyatni boy bermang!