Yangiliklar

Futbol bo‘yicha U-17 Osiyo kubogi g‘oliblari Chevrolet avtomobillari bilan taqdirlandi
2025-04-21 23:59:42 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblari — O‘zbekiston U-17 terma jamoasi tantanali tarzda kutib olindi.

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston U-17 terma jamoasi jasorat namoyon etib, Osiyo kubogini qo‘lga kiritdi va o‘zbek futboli tarixida yangi shonli sahifani ochdi.

Yurtga qaytgan futbolchilar, ularning murabbiyi hamda sharhlovchilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi. Shuningdek, Davlat rahbarining sovg‘alari — Chevrolet avtomobillar ham tantanali tarzda topshirildi.

Yosh futbolchilarga Chevrolet Cobalt, ularni tayyorlagan murabbiyga esa Chevrolet Equinox avtomobillari topshirildi. Taqdirlash marosimi yuksak saviyada o‘tkazildi va barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

“O‘zavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi korxonalar jamoasi U-17 Osiyo kubogi qahramonlarini chin yurakdan tabriklaydi, erishilgan tarixiy yutuqlar bilan faxrlanadi va ularga kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaydi.