Yangiliklar

Butun tarmoq nazorat ostida: UzAuto rahbari Andijon viloyatidagi tarkibiy korxonalarning muammolarini o'rganmoqda
2022-05-18 04:18:45 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

 

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov o‘z o‘rinbosarlari hamda boshqarma boshliqlari ishtirokida Asaka shahridagi “UzAuto Motors” zavodi va sanoat korxonalar faoliyatini kompleks o'rganish ishlarini olib bormoqda.

Pandemiya bilan bog'liq global inqiroz, shuningdek logistika va geosiyosiy muammolar davrida avtomobil sanoati boshqalarga qaraganda jahon arenasida kuzatilayotgan o'zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borishi va ularga tezda javob berishi kerak. Bugungi kunda, dunyoda xomashyo va avtomobillar narxining oshishi, ishlab chiqarish hajmining qisqarishi, zavodlar faoliyatining to‘liq tugatilishi yoki qisman yopilishi, xodimlar sonining qisqartirilishi va kataklizmlarning boshqa salbiy oqibatlari haqida xabarlarning muntazam o’qilishi odatiy holga aylandi.

"UzAuto Motors" kompaniyasi jahon avtomobil bozorida yuzaga kelgan og'ir sharoitga qaramay, kompaniya yuzaga kelgan vaziyatning jiddiy ta'siridan qochishga muvaffaq bo’ldi. Bu yil butun avtomobilsozlik sanoati va UzAuto Motors oldiga xarajatlarni kamaytirishning qo’shimcha usullarini topish, yo’qotishlarni minimallashtirish va avtomobil ishlab chiqarishda maksimal yuqori ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi qo‘yildi. Ushbu masalalarni hal qilish UzAuto rahbariyatining Asaka shahrida hafta boshidan buyon davom etayotgan tashrifi doirasida kun tartibining asosiy mavzusiga aylandi.

Shavkat Umurzakov Komplayens xizmati bilan yaqin hamkorlikda shaxsan barcha yo'nalishlarni o'rganib, korxona xodimlari bilan suhbatlashdi. Xodimlar bilan uchrashuv davomida belgilangan maqsadlarga erishish uchun butun jamoa qo'llab-quvvatlashining ahamiyati hamda rahbar uchun  barcha xodimlarning o'z ishidan mamnun bo'lishi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

Logistika, ta’minot zanjiri (Supply Chain), mahsulot sifatini yaxshilash va global inqiroz oqibatlarini yumshatishga qaratilgan va albatta, biznes-rejaning bajarilishini atroflicha o’rganish davomida, Shavkat Umurzakov barcha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi:

Xaridlar

Xomashyo, butlovchi qismlar va logistika uchun jahon narxlarining uzluksiz o'sishi xarajatlarni optimallashtirish uchun doimiy ravishda mashaqqatli ishni talab qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarining o'sishiga yo'l qo'ymaslik, shuningdek, xarajat sarflarini tejashning qo'shimcha usullarini ishlab chiqish bilan birga, UzAuto Motors kompaniyasining barcha import qilinadigan butlovchi qismlarining narxini yiliga qo‘shimcha 21 mln AQSH dollarga, mahalliylashtirilgan korxonalari xarajatlarini qo’shimcha 11 mln AQSH dollarga kamaytirish, o’z navbatida, shu jarayon, xususan, xomashyo sotib olishga qaratib, po'lat narxini yiliga qo'shimcha 8 million dollarga kamaytirish topshirig’i berildi.

Xitoy portlaridagi katta tirbandliklar natijada yuzaga kelgan logistika narxining oshishi bilan bog'liq murakkab vaziyat kompaniyadan ushbu yo'nalishni, shu jumladan boshqa xarajatlar bilan birgalikda yiliga qo'shimcha 12,5 million dollarga optimallashtirish bo'yicha tub qarorlar qabul qilishni talab qiladi.

Ishlab chiqarish

UzAuto Motors presslash, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish sexlari faoliyatini tahlil qilish asosida  zavod samaradorligini 92 foizga oshirish va Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida ishlab chiqarish hajmini 6 oy davomida 120 ming dona avtomobilga ko‘paytirish topshirig’i berildi.  

Bundan tashqari, alohida Chevrolet Tracker avtomobillarini ishlab chiqarishning to'liq tsiklini ishga tushirishni tezlashtirish, shuningdek, SKD (to’liq uzelli yig’ish) sexini takomillashtirish va kunlik ishlab chiqarish hajmini 250 donagacha oshirish topshirildi. Jarayonlarni optimallashtirish natijasida qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilmasdan mahsulot tannarxini 33,5 mlrd. so'mga kamaytirish kutilmoqda

Ta'minot zanjiri (Supply Chain)

Tashrif davomida, UzAuto boshqaruv rahbariga ushbu yo'nalishdagi faoliyatni takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida hisobot taqdim etildi. O’rganishlar natijasida tegishli bo'linmalar rahbarlariga 2022-yilda butlovchi qismlarni tashish uchun foydalaniladigan konteynerlarni 988 tagacha kamaytirish va yiliga 12,127 ming AQSh dollar mablag’ni tejashni amalga oshirish bo'yicha topshiriqlar berildi. 

Ushbu ko'rsatkichlarga erishish uchun konteynerlarni kichik va yirik o'lchamli detallar bilan yuklashni optimallashtirish, Xitoydan detallarni temir yo’ldan yetkazib berishni avtomobilda yetkazib berishga o’tkazishning iqtisodiy ta’sirini o’rganib chiqish, strategik reja asosida kema va vagonlarda yuklarni joylashtirishni yaxshilash bo'yicha takliflar tayyorlash topshirg’i berildi.

Bundan tashqari, masʼul shaxslarga Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun butlovchi qismlar yetkazib berishni Braziliyadan Xitoyga oʻtkazish imkoniyatlarini oʻrganish topshirildi.

Savdo

UzAuto rahbariyati tomonidan Uzauto Motors kompaniyasiga sotuv hajmini oshirish, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, eksportni oshirish va sotuv sharoitlarini yaxshilash bo'yicha vazifalar qo'yildi. Xususan, ichki bozorda avtomobillarni sotish hajmini 291 ming donaga ko’paytirish. Avtomobil eksportini 2 barobarga shuningdek, ehtiyot qismlarni eksport qilish hajmini 1,2 baravar oshirish; Savdo xodimlari oldiga ichki bozor uchun Chevrolet avtomobillari ehtiyot qismlarini 4 barobarga oshirish, barcha dilerlik markazlarini GM Original ehtiyot qismlari bilan ta’minlash, shuningdek, avtomobil aksessuarlari qatorini kengaytirish vazifasi qo’yish;

O’zgarishlar kompaniyaning mijozlarga tayyor avtomobilni yetkazib berish muddatini sezilarli darajada qisqartirishga ta’sir o’tkazish bilan birga, dilerlik xodimlarining malakasini oshirish va ehtiyot qismlarni saqlashning avtomatlashtirish darajasini ko’tarish orqali mijozlarga  xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga ham ta’sir qilishi kerak, shuningdek “UzAuto Motors" Call-center markazini o’zining mavjud bazasida mijozlar muammolarini hal qilish bilan so'rovlar o'tkazish, kompaniya va uning dilerlik markazlarining faoliyati haqida mijozlar fikrini tahlil qilishga qaratilgan xizmatlarni yaratish bilan   modernizatsiya qilish.

Shavkat Umurzoqov raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan ishchi yig‘ilishning asosiy mavzusi 2022-yil uchun byudjet va biznes-reja masalalari bo’ldi.  Avtomobil sanoatining yuqori texnologiyali  murakkab jarayonligini hisobga olgan holda, hech qanday istisnolarsiz avtomobil sanoati jahon mehnat taqsimoti va ta'minot zanjirining faol ishtirokchilari hisoblanadi: Jahon bozorining oldindan aytib bo'lmaydigan hozirgi sharoitida hech qanday brend o'zini to'liq ta'minlay olmaydi. “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi bu yilgi biznes-rejada nafaqat belgilangan maqsadlarga erishish, balki 2021-yilda o’tkazib yuborilgan narsalarga ham jiddiy e’tibor qaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

 

www.uzavtosanoat.uz