Yangiliklar

Minskda “Karshering”ning rasmiy starti
2021-05-20 21:56:28 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Belorussiya poytaxti Minsk shahrida joylashgan "UzAuto Motors" AJning rasmiy distribyutori bo'lgan "Multimotors" MChJ yangi – “Karshering” xizmatini yo’lga qo’yilganini e'lon qildi. Kompaniya direktori Sergey Jlobo so'zlariga ko'ra, ushbu xizmatga "Multik" deb nom berildi, mijozlar kompaniyaning nomini qisqartirib aynan shunday nomlashadi. Xizmat tariflari haqida ma’lumot, ro'yxatdan o'tish yo'riqnomalari va eng aktual savollarga javoblar www.multik.by saytida joylashtirilgan.

Ushbu g'oya qanday paydo bo'ldi?

CHEVROLET COBALT rusumli avtomashinalarni faol ravishda sotadigan kompaniyada bir vaqtlar “O'zimizni “Karshering”da sinab ko'rmaysizmi?” degan bir fikr bor edi. Diler nuqtai nazariga ko'ra, bu juda foydali: avtomobillar va ehtiyot qismlarni to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berish, hamda o'zining xizmat ko'rsatish bo'limi. Va shuni ta'kidlash kerakki, avtomobil bunday ish uchun juda mos keladi – u juda bardoshli va ishonchli. Ushbu tashabbusni o'rganish davomida, bu haqiqatan ham amalga oshirilishi kerak bo'lgan yaxshi g'oya ekanligi ma’lum bo’ldi.

Hozirda “Karshering” avtoparki maksimal Elegant konfiguratsiyasidagi 100 ta CHEVROLET COBALT avtomobilini o'z ichiga oladi.

Avtomobillarni ijaraga berish shartlari:

Mijozning yoshi kamida 19 da, haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lishi, hamda haydovchilik tajribasi kamida 1 yil lozim. Hozirgi kunda avtomobillarni kerakli muddatga ijaraga berishning ikki turi mavjud: "Asosiy" va "Multik", ularning har birida mijoz eng maqbul tarifni tanlashi mumkin. Mijozlar uchun eng qulay sharoitlarni ta'minlash uchun iste'molchilardan faol ravishda fikr-mulohazalar yig’ib boriladi. Yil oxiriga qadar “Karshering” avtoparkini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Multimotors dasturini “AppStore” va “Google play” orqali yuklab olish mumkin.

Ma'lumot uchun:

“Karshering” (inglizchadan “car sharing” - avtomobildan birgalikda foydalanish) - bu butun dunyo bo'ylab ommalashgan tendentsiya bo’lib, shahar bo'ylab 24 soatlik to'xtash joylarida joylashgan avtomobillarni qisqa muddatli ijaraga berish xizmati hisoblanadi.

“Karshering”ning mashhurligini osongina tushuntirish mumkin: haydovchi avtoulovga xizmat ko'rsatishning barcha xarajatlarini - sotib olish, xizmat ko'rsatish, ta'mirlash, avtomobil to'xtash joylari, soliqlar, sug'urta va boshqa harajatlarni mustaqil ravishda to’lashi kerak emas. Buning o'rniga, shaxsiy transport juda zarur bo'lganida, siz ijaraga olingan mashinadan soatlab (va hattoki bir necha daqiqa!) yoki o’zingizga zarur kunlarda foydalansiz hamda faqatgina avtoulovdan foydalanilgan vaqt uchun haq to’laysiz. Shunday qilib, jahon amaliyotiga ko'ra, bir dona “Karshering” avtomobili 15 tagacha shaxsiy avtomobilni o’rnini bosadi va ularning potentsial egalarining xarajatlari sezilarli darajada kamayishiga hizmat qiladi.