Yangiliklar

CHEVROLET: G’ALABANI BIRGALIKDA YARATAMIZ
2021-05-23 13:42:22 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Joriy yilning 22-may kuni Hyatt Regency mehmonxonasida Milliy marketing markazi tomonidan tashkil etilgan IV «Yil brendi-2020» mukofotini topshirishga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. O'zbekiston ichki bozorida 2020-yildagi  muvaffaqiyatli marketing targ'iboti uchun 24 ta nominatsiya bo'yicha eng faol kompaniyalar aniqlandi, ular orasida CHEVROLET brendi «Yengil avtomobillar» nominatsiyasida onlayn ovoz berish jarayonida katta farq bilan g'oliblikni qo’lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, iste'molchilar orasida ochiq tarzdagi onlayn ovoz berish jarayoni @makon_brand_bot telegram bot orqali joriy yilning 16 aprelidan 14 mayiga qadar bo'lib o'tdi.

Brendimiz uchun ovoz berib, bizni qo'llab-quvvatlagan har biringizdan minnatdormiz!