Yangiliklar
2024-yil 6-noyabrdan boshlab, "UzAuto Motors" AJ Chevrolet Onix va Tracker yangi avtomobil egalari uchun yo‘lda yordam servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma pilot loyihani ishga tushiradi.
Avtomobil xaridorlariga "LiTRO Yoʻlda yordam xizmati"ning bir yillik obunasi bonus sifatida taqdim etiladi!
Obunachi quyida keltirilgan xizmatlardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega:
- Avtomobil nosozligi yoki texnik muammolar yuzaga kelganda (evakuator xizmatlari, g'ildiraklarni (dam soldirish) to‘ldirish va almashtirish, yoqilg‘i yetkazib berish, dvigatelni ishga tushirish, texnik maslahat va boshqa ko‘plab xizmatlar) - yiliga 5 marta;
- Yil davomida yo‘l-transport hodisasi haqida bepul yuridik va tibbiy maslahatlar;
Yo‘lda Yordam xizmati O‘zbekiston hududi bo‘ylab 24/7 rejimida taqdim etiladi.
Shuni ta'kidlash joizki, loyiha muddati cheklangan.
*LiTRO kompaniyasi "Yo‘lda yordam" servis xizmatini taqdim etadi.