Yangiliklar

CHEVROLET YETAKCHILIKDA DAVOM ETADI
2021-09-20 21:00:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Qozog‘iston avtobiznes Assotsiatsiyasi (AKAB)ning ma’lumotiga ko’ra, Qozog‘istonda yengil avtomobillar sotuvi bo‘yicha Chevrolet o’z liderlik pog’onasini saqlashda davom etadi. Ta’kidlash joizki, 2021 yilning o’tgan 7 oyida ham qolgan brendlar orasida liderlik qilgandi. Reytingning yuqori uchligida 2 196 dona avtomobil sotuvi bilan Chevrolet, ikkinchi o‘rinda 1 561 natija bilan Hyundai, Toyota dilerlari esa 1 012 dona avtomobil sotuvi bilan uchinchi o‘ringa qaytishdi.
TOP-10 talikdagi birinchi uchlik oʻzgarishsiz:

Chevrolet Cobalt — 1 330 dona;
Chevrolet Nexia — 542 dona;
Hyundai Accent — 499 dona.

Qozog‘iston avtobiznes Assotsiatsiyasi (AKAB) mamlakatda yangi avtomobillar sotuvi o’tgan yilning avgust oyiga nisbatan 5.4% - 9.093 dona avtomobilga kamayganligini ta’kidlaydi. Buni esa, ayni paytdagi avtomobillarga bo’lgan talabning ortib borayotganligi, shu bilan birga butun dunyo avtomobilsozlik sanoatida kuzatilayotgan mikrochip muammolari hamda ularni yetkazib berishdagi uzilishlar avtomobilsozlik sanoati uchun ko’plab yo’qotishlarga sabab bo’layotganligi bilan izohlaydi.