Yangiliklar

CHEVROLET ONIX– BARCHASI U HAQIDA
2022-11-01 21:00:04 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” kompaniyasi Oʻzbekistonda uzoq kutilgan avtomobil – Chevrolet Onix yangi sedani uchun shartnoma berish boshlanganini rasman e'lon qiladi.

“Chevrolet Onix – eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur boʻlgan barcha kutgan avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interyer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni oʻzida mujassamlashtiradi.”– deb ta’kidlaydi UzAuto Motors Bosh direktori Bo Inge Andersson

Chevrolet Onix avtomobilining taqdim etilayotgan komplektatsiyalari xaridorlarga oʻzi uchun qulay boʻlgan "aynan oʻsha" avtomobilni tanlash imkoniyatini beradi.

Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

  • 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog'onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
  • 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog'onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash silkda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yoʻlda 4,7 l sarflaydi.

Zamonaviy dizayn

Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik boʻyicha eng ilg'or zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 oʻrindiqli ushbu sedan sayohatlar uchun xoh u oilaviy xoh doʻstlar orasida yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim boʻlsin umuman, barcha-barcha uchun ham birdek ideal.

Oʻzining yorqin koʻrinishi bilan Chevrolet Onix yoʻllarda alohida taassurot uyg’otib, qulay haydashni kafolatlaydi. Chevrolet Malibu avtomobili bilan oʻxshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi koʻrinish beradi.

UzAuto Motors kompaniyasining Bosh direktori Bo Andersson: “Oʻzgacha dadil eksteryer va yuqori texnologiyali interyer dizayni oʻrta darajadagi avtomobil qanday boʻlishi mumkinligi haqidagi tasavvurni oʻzgartiradi”, dedi. “Bu zamonaviy dizayn oʻzgacha bir katta boʻlishi shart emasligini namoyish etadi.”

Futuristik yoritish texnikasi yon atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi. Bu hech bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.

Kuzovdagi gorizontal chiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urg’u beradi. Ular diod optika yorugʻlik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli koʻrinish beradi, mukammal ishlangan kunduzgi diod optikasi esa Onixni kechayu-kunduz koʻzga tashlanadigan qiladi.

Texnologik interyer

Chevrolet Onix interyeridagi chiziqlar va yorqin elementlar avtomobilning sig’imliligini ta’kidlaydi. Va kenglik hissini yaratadi, buning barchasiga avtomobilning keng platformasi orqali erishiladi.

Ergonomik asboblar paneli koʻrinishni yaxshilaydi va yengillik hissini beradi.

Displey avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-koʻngilochar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boshqarishni qoʻshadi.

Qulay va oson boshqarish

Chevrolet Onix boshqarishni qulay va zavqli qiladigan barcha detallarga ega.

4LT komplektatsiyasida bazaviy optsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish smart kalit (key) va yoqish START/STOP tizimi, kruiz kontrol bilan ta’minlangan. 

Avtomobil isitish tizimiga ega charm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi oʻrindiqlar bilan jixozlangan, shuningdek salonda simsiz quvvatlash tizimi mavjud. 

LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooth va Hands-Free hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.

Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kalonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi oʻrindig’ini balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa bir qator qulaylik uchun zarur boʻlgan opsiyalarga ega.

Bundan tashqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka koʻtarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar oʻchishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), toʻxtash tizimi datchiklari (Park-Assist) va bolalar oʻrindig'ini oʻrnatish tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.

Chevrolet Onix xavfsizligi

Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan. 

Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boshqaruvni ta'minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlanish imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi va avtomobilning turli yoʻl qismlarida hamisha barqaror turishini ta'minlaydi.

Bundan tashqari, soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.

2023-yilda Chevrolet Onix avtomobilidagi qoʻshimcha opsiyalar:

• klimat kontrol;

• yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) toʻxtash tizimi;

• old partroniklar;

• koʻrinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;

• orqa oʻrindiq isitish tizimi;

• lyuk;

• toʻliq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar.

• salonda haydovchi, old oʻrindiq va orqa oʻrindiq yoʻlovchilar uchun alohida yoritish tizimi;

• 16’ orginal dizaynli quyma disklar.

Ayni vaqtda Chevrolet Onix avtomobilining quyidagi komplektatsiyalariga buyurtma berish mumkin:

  • 1,2 МТ Soddalashtirilgan komplektatsiya*– 110 000 000 soʻm 
  • 1LS 1,2 МТ – 133 040 000 so’m 
  • 1LT 1,2 МТ – 138 400 000 so’m 
  • 3LT 1.2 МТ – 141 960 000 so’m 
  • LTZ 1,2 Turbo AT – 165 180 000 so’m 

Narxlar QQS siz ko’rsatilgan.

* Soddalashtirilgan komplektatsiyadagi avtomobilni buyurtma berish istagida boʻlgan xaridorlar vakolatli dilerlik markazlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga ariza qoldirishlari lozim. Yetarli miqdordagi arizalar toʻplangandan soʻng, kompaniya ushbu avtomobil ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda o`rganib chiqadi. Ushbu komplektatsiya tarkibi haqidagi ma’lumotni vakolatli dilerlik markazlaridan aniqlashtirishingiz mumkin.

"UzAuto Motors"ning rasmiy saytidagi yangi avtomobilni sotish uchun avtorizatsiyadan o`tgan dilerlik markazlaridan sotib olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun (+998) 78–141–77−77 raqamiga qoʻng'iroq qilishingiz yoki www.chevrolet.uz va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin.