Yangiliklar

СHEVROLET ONIX ENDI TOP KOMPLEKTATSIYALARDА
2023-01-02 13:24:27 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto Motors yangi yil arafasida Chevrolet Onix Premier uchun shartnomalar tuzish boshlanganini ma’lum qiladi. 2023-yilning 9-yanvaridan boshlab Chevrolet Onix’ning yangi komplektatsiyasini sotib olish uchun shartnoma rasmiylashtirish mumkin. 

Zamonaviy, dadil va yorqin eksteryer bularning barchasi Chevrolet Onix haqida. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur boʻlgan avtomobil. Chevrolet Onix o’zida avtoixlosmandlarning barcha talablarini mujassam etadi. Va, endi u Primier komplektatsiyada taqdim etiladi. 

Chevrolet Onix ishlab chiqarish bo’yicha loyihani amalga oshirish doirasida Аsaka zavodida lazerli va plazmali payvandlash kabi yangi texnologiyalar o‘zlashtirildi, bu kuzovga qo‘shimcha qattiqlik bag‘ishlaydi, payvandlash kuchini oshiradi, egiluvlarsiz yuqori payvandlash aniqligini kafolatlaydi, tanadagi bo’shliqlarni bartaraf etishni ta’minlaydi. Ideal nisbatlarni yuqori aniqlikdagi ishlab chiqarish korpusni lazer bilan o'lchash orqali ta'minlanadi, bu ham zavodning ishlab chiqarish jarayonlarini keng ko'lamli modernizatsiya qilish doirasida joriy etilgan.

Bundan tashqari, UzAuto Motors Powertrain zavodida yangi kuchli va tejamkor 3-silindrli 1,2 l hajmga ega CSS Prime turbo dvigatellarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Onix aynan ushbu dvigatellar bilan jihozlanadi. Yangi 132 l.s. quvvatli dvigatel zamonaviy texnologiyalar asosida alyuminiydan tayyorlanadi, bu esa uning yengilroq va samaradorroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Yig'ishning har bir bosqichida dvigatel qismlarining yuzasi lazer bilan ishlov beriladi. Bu dvigatelga begona eng kichik mikrozarrachalar kirib kelishining oldini oladi. 132 ot kuchiga ega bo’lgan ushbu dvigatellar darhol o'z kuchini his qilish va avtomobilga dinamikani berish imkonini beradi.

Yangi liniya Fransiya, Germaniya, Xitoy va Koreya davlatlarining yetakchi ishlab chiqaruvchilariga tegishli uskunalardan tashkil topgan bo‘lib, 55%i robotlashtirilgan. Issiq hajmli shtamplash texnologiyasi ham keng qo'llaniladi, bu dvigatelga bir qator afzalliklarni beradi, qismlarning mustahkamligi va aniqligini ta'minlaydi.

Shuningdek, mahalliylashtirish darajasini oshirish maqsadida plastik yoqilg‘i baklari, rullar, rezina zichlashtirgichlar, cho’yan, issiq shtamplash detallari va boshqa butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlarni ishga tushirish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish dasturi amalga oshirilmoqda.

Ushbu dasturni amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish GM GEM platformasi negizida bir vaqtning o‘zida bir nechta modelni ishlab chiqarish va 60%dan yuqori mahalliylashtirish darajasiga erishish imkoniyatini beradi. 

Chevrolet Onix yanada zamonaviy va yanada foydali opsiyalar bilan boy:

Ergonomik asboblar paneli modelni osonroq tushunishga yordam beradi va erkinlik hissini beradi, teksturali rasm esa unga yanada qulaylik hissini bag‘ishlaydi. 

Chevrolet Onix displeyi avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-koʻngilochar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boshqarishni qoʻshadi.

Salon  sport uslubidagi oʻrindiqlar bilan jihozlangan, yuqori sifatli qoplamasi avtomobilning ilgari chiqqan modellariga nisbatan hashamdor va zamonaviyroq ko’rinish beradi. 

Shuningdek, xaridorlarning taklifidan kelib chiqib, yarimavtomat toʻxtash tizimi, old parktroniklar va koʻrinishi cheklangan joylar nazorati datchigi opsilari maxsus o’rnatildi. 

UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan oldingi avtomobillarning komplektatsiyalaridan farqli o’laroq, yuqorida sanab o’tilgan barcha opsiyalar va butlovchi qismlar O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish tarixida yangi hisoblanadi.

Chevrolet Onix Premier quyida keltirilgan opsiyalar bilan jihozlangan:

-Kalitsiz kirish;

-simsiz quvvatlash tizimi;

-klimat kontrol;

–kruiz kontrol;

-elektron lyuk;

-kombinatsiyalangan (eko charm va yuqori sifatli mato) qoplamalar;

-old va orqa o’rindiq isitgichlar;

-svetodiod orqa chiroqlar;

-proyeksiya turidagi faralar;

-yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) toʻxtash tizimi;

-old va orqa parktroniklar;

-koʻrinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;

-16’ orginal dizaynli quyma disklar;

-faralar oʻchishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home);

-tezlikni cheklovchi opsiya.

 

Chevrolet Onix Premierning quyidagi komplektatsiyalariga buyurtma berish mumkin.

Premier 1 - 185 131 250 so’m;

Premier 2 - 191 739 286 so’m.

* Narxlar QQSsiz ko’rsatilgan.

Chevrolet Onix avtomobilini  “UzAuto Motors”ning rasmiy saytidagi va www.chevrolet.uz ning yangi avtomobilni sotish uchun avtorizatsiyadan o`tgan dilerlik markazlaridan sotib olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun (+998) 78–141–77−77 raqamiga qoʻng'iroq qilishingiz yoki www.chevrolet.uz va UzAuto Motors kompaniyasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin.