Yangiliklar

Chevrolet Onix kontraktatsiyasi davom etmoqda
2022-11-02 01:00:04 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors”ning dilerlik markazlari Chevrolet Onix avtomobillari uchun shartnoma tuzishni faol olib bormoqda. Yilning eng kutilgan avtomobili birinchi daqiqalardanoq xaridorlarda katta qiziqish uyg'otdi.

Kontraktatsiya boshlangan vaqtdan buyon dilerlik markazlari yuqori talab bo’lishiga qaramay barcha xohlovchilarga hech qanday uzlishlarsiz shartnoma berishni ta’minlamoqda. Bundan tashqari, UzAvtoSavdo mobil ilovasi orqali uydan chiqmagan holda online tarzda shartnoma tuzishingiz mumkin.

Shuningdek, shartnomalarning ko’p tuzilganligiga qaramay, amaliyot shuni ko’rsatadiki, 60 foizgacha tuzilgan shartnomalarning to’lovlari vaqtida amalga oshirilmaganligi  sababli bekor qilinadi. Natijada, 7 kundan so'ng, to'langan shartnomalar soni sezilarli darajada kamayib, Chevrolet Onix yetkazib berish muddati qisqarishi kutilmoqda.