Axborot xabari

CHEVROLET QOZOG’ISTONNING ENG YAXSHI SOTILADIGAN BRENDLARI REYTINGIDA YETAKCHI O’RINNI EGALLAMOQDA
20/04/2021 08:23 34 Axborot xabari
CHEVROLET QOZOG’ISTONNING ENG YAXSHI SOTILADIGAN BRENDLARI REYTINGIDA YETAKCHI O’RINNI EGALLAMOQDA

Qozog'istonda mart oyida sotilgan deyarli har to'rtinchi yangi avtomobil “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilgan. 

2021-yil mart oyida  Chevrolet Cobalt va Nexia ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni egalladi. 

Brend Qozog'iston bozorida o'zining birinchi pozitsiyalarini egallashda davom etmoqda. Kompaniyaning umumiy savdo hajmi 2 161 donani tashkil etdi hamda bu ko’rsatkich  joriy yilning fevral oyiga nisbatan 15 foizga ko'pdir. 

Sotilgan avtomobillar soni bo'yicha eng yaxshi 3 talikning keyingi o’rinlarini Hyundai va Toyota avtobrendlari egallashmoqda.