Yangiliklar

CHEVROLET QOZOG’ISTON BOZORIDA LIDERLIKDA DAVOM ETADI.
2021-10-14 04:47:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Qozog‘iston Avtomobil Biznesi Assotsiatsiyasining (AKAB) yanvar-sentabr oylari bo’yicha natijalarni keltirdi. Ushbu davr mobaynida 79 444 dona avtomobil sotilgan.

Chevrolet Cobalt va Chevrolet Nexia avtomobil modellari sotuv liderlaridir. Ushbu avtomobillar umumiy 22 383 dona sotilgan bo’lib, bozordagi ulushi taxminan 28,17% ni tashkil etadi.

O’tgan 2020 yilga nisbatan “UzAuto Motors” avtomobillari sotuvi 5 barobarga oshganligini ko’rsatadi.

Shu bilan birga, Qozog’istonda ushbu modellar bizning mamlakatdagidan ko’ra taxminan $1000 ga qimmat.

Umuman olganda AKAB ushbu davr mobaynida yengil avtomobillarning bozordagi optimal o’sishini ta’kidladi. 2020 yilga nisbatan o’sish 36,3% bilan saqlandi.

Kompaniya rasmiy sahifalari | Официальные страницы