Yangiliklar
Qozog‘iston avtomobil biznesi assotsiatsiyasining (QABA) maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 12 oyida Qozog‘istonda avtomobil ixlosmandlari tomonidan jami 123 778 dona yangi yengil va tijoriy avtomobillar xarid qilingan bo’lib, bu o’tgan 2021 yilga nisbatan 5.3 % ga ko’proqdir.
Eng talabgir avtomobil brendlari Top-10 taligining lideri Chevrolet avtomobillari bo’lib, o’zining 34 289 dona 27.7 % sotuvdagi ulushi bilan yetakchiligini mustahkamladi. Hyundai 28 864 (+27 %) sotuv bilan ikkinchi pog’onani egallagan bo’lsa, Kia 14 421 (11.65 %) sotuv bilan reytingning uchinchi pog’onasini zabt etdi.
Iste’molchilar tomonidan eng ko‘p xarid qilingan avtomobil modellari orasida Chevrolet Cobalt 23 178 dona sotuvi bilan birinchilikni saqlagan holda, eng talabgir model bo’lib yilni munosib yakunladi.
O’zbekiston ichki bozorida o’tgan 2022 yil yakuni bo’yicha eng talabgir avtomobil modeli Chevrolet Lacetti 78 604 sotuv bilan ro’yxatning birinchi pog’onasini Chevrolet Cobalt esa 64 422 dona sotuv bilan ikkinchi o'rinni egalladi.