Yarimoʼtkazgichlar

CHIPAGGEDON
2021-08-06 10:42:04 Yarimoʼtkazgichlar
 
                          Yarimoʼtkazgichlar

Yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi nafaqat avtomobilsozlik sanoatiga, endilikda, hatto smartfon ishlab chiqaruvchilarga ham taʼsir ko‘rsata boshladi. Ular o‘zlaridagi mavjud zaxira to‘plami bilan tanqislikdan himoyalangan bo‘lishiga qaramay, ayni paytda ushbu muammo ularni ham qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda.

Atomobil ishlab chiqaruvchilar hamda tahlilchilar dastlab, yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi qisqa muddatli, shu bilan birga kam taʼsirli bo‘ladi deb taʼkidlashgandi, ammo endilikda ular tanqislik yil oxirigacha kuzatilishi va taʼsiri yanayam sezilarli bo‘ladi deb hisoblashmoqda.

Jaguar Land Rover mikrochiplar yetishmovchiligi sababli, uchinchi chorakda ishlab chiqarish ikki baravarga qisqarishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Volkswagen Group yillik ishlab chiqarish hajmini 450 000ga yaqin avtomobilga qisqartirgan bo‘lishiga qaramay, yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligining taʼsiri uchinchi chorakda yana-da sezilarli bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi.

Bu o‘tgan yilgi ishlab chiqarish hajmining 5 foizi yoki Volkswagen ning joriy yil boshida kutilgan ishlab chiqarish hajmining uchdan bir qismi.

Apple bosh direktori Tim Kuk mikrochiplar tanqisligi iPhone va iPad ishlab chiqarishda o‘z taʼsirini ko‘rsatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Tahlilchilar yuzaga kelayotgan vaziyatdan kichik telefon ishlab chiqaruvchilar aziyat chekishiga ishonishmoqda. Bundan tashqari, butun dunyoga mashhur PlayStation 5, Xbox Series X o‘yin konsollari ham yetishmovchilikda.

Volkswagen tanqislik bilan kurashishning usuli sifatida –ko‘proq pul keltiradigan qimmatbaho avtomobillarga ustunlik berish kerakligini taʼkidlaydi.

Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi Ford tanqislik sababli avtomobillarga bo‘lgan talabning oshishi, reklama aksiyalarining kam taklif etilishi shuningdek, o‘zining eng daromadli modelariga ko‘proq eʼtibor qaratish kerakligini alohida taʼkidlaydi. Shuningdek, Ford tahlilchilarni ikkinchi kvartal bo‘yicha 1.1 mldr dollar foyda bilan ajablantirib, sotuvning o‘rtacha narxi o‘tgan yilga mos ravishda 14 %ga oshganini eʼlon qildi.

Nissan yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi sababli, o‘zining yangi elektromobil krossoveri “Ariya”ni ishlab chiqarilishini kechiktirishga majbur bo‘ldi.

Ammo, tahlilchilardan biri Germaniyadagi avtomobil tadqiqotlari markazi rahbari Ferdinand Dudenxöferning fikriga ko‘ra, eng yomonini ortda qoldirib, “Biz inqirozning eng yuqori cho‘qqisiga chiqdik”, – deydi. U “Vaziyat yangi ishlab chiqarish quvvatlarining paydo bo‘lishi bilan yaxshilanadi, ammo muammo 2021 yil yakunigacha tugamaydi va bu 2023 yilgacha davom etishi mumkin”, –deya taʼkidlaydi.

Bu yilgi yetishmovchilik ishlab chiqarishda umumiy 5.2 million avtomobil yo‘qotilishiga olib kelishi mumkinligi taxmin qilmoqda.

Mijozlar yuzaga kelayotgan holatdan davomli kechikishlarni va narxning yuqorilashishini sezishlari tabiiy. Chunki dilerlar o‘zlarining zaxiralarini ishlatib, tugatishga ulgurishdi, ishlab chiqaruvchilar esa o‘z navbatida kam reklama aksiyalarini taqdim qilishmoqda.

Yangi avtomobillarga bo‘lgan talabning oshgani, eski avtomobillarning narxini ham ko‘tarilishiga olib kelmoqda.

shunlongwei.com saytining keltirgan manbalari asosida tayyorlandi.