Yarimoʼtkazgichlar

“UZAUTO MOTORS” AJ DAMAS VA LABO AVTOMOBILLARINING YANGILANGAN MODELLARINI TAKLIF ETADI
2021-07-02 05:10:00 Yarimoʼtkazgichlar
 
                          Yarimoʼtkazgichlar

Hurmatli xaridorlar! «UzAuto Motors» AJ kompaniyasi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, Damas avtomobilining to‘rt o’rinli modifikatsiyasini (o‘rindiqlar uchinchi qatorisiz) va bort qanotlarisiz Labo modellarini ishlab chiqarishni boshlaganini ma’lum qiladi.

Mazkur avtomobillar o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarilmoqda.

Avtomobillar uchun shartnomani 2021 yil iyul oyining beshinchi sanasidan e’tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

Yangilangan avtomobillar xaridorlarga quyidagi narxlarda taqdim etiladi:

Damas – 77 790 000 so‘m.
Labo – 76 891 000 so‘m.

Batafsil ma'lumotni +99878 1417777 raqami orqali yoki ijtimoiy tarmoqlardagi “UzAuto Motors” kompaniyasining rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.