Mahsus takliflar

Damas’ni 3 yilgacha, Labo’ni esa 27 oygacha bo‘lib to‘lashga xarid qiling
27/10/2026 10:00 191 Mahsus takliflar
Damas’ni 3 yilgacha, Labo’ni esa 27 oygacha bo‘lib to‘lashga xarid qiling

Damas’ni 3 yilgacha, Labo’ni esa 27 oygacha bo‘lib to‘lashga xarid qiling

Damas uchun oyiga atigi 1 293 833 so‘m atrofida toʻlaysiz! Bu kuniga taxminan 42 000 - 43 000 soʻmga toʻgʻri keladi. Kuniga birgina qatnov bilan toʻlovni osongina yopish mumkin! Toʻlov muddati esa 3 yil.

Labo logistika va dehqonchilikda tengsiz yordamchi. Meva-cheva, hosil, doʻkon mahsulotlari va qurilish mollarini tashish uchun moʻljallangan Labo uchun oylik toʻlov 1 784 630 soʻmdan boshlanadi. Qulay toʻlov muddati esa 27 oygacha tashkil etadi.

Damas va Labo’ni Tenge Bank bilan 26% dan boshlanuvchi boshlangʻich toʻlov evaziga 0% yillik stavka bilan, foizsiz xarid qilish mumkin.  

Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan xususiy tadbirkorlar, dehqon-fermerlar hamda yuk va yoʻlovchi tashish faoliyatini kengaytirishni xohlovchilar xaridorgir Damas hamda Labo avtomobillarini muddatli toʻlovga olish boʻyicha qulay imkoniyatni qo‘ldan boy!

 Boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring va qolgan summani tanlangan muddat davomida foizsiz bo‘lib to‘lang.

Damas 0% bilan:

Boshlang‘ich toʻlov 26% – muddati 21 oy
Boshlang‘ich toʻlov 30% – muddati 23 oy
Boshlang‘ich toʻlov 40% – muddati 28 oy
Boshlang‘ich toʻlov 50% – muddati 36 oy

Labo 0% bilan:

Boshlang‘ich toʻlov 26% – muddati 15 oy
Boshlang‘ich toʻlov 30% – muddati 16 oy
Boshlang‘ich toʻlov 40% – muddati 21 oy
Boshlang‘ich toʻlov 50% – muddati 27 oy  

Ko‘rsatilgan oylik to‘lovlar boshlang‘ich komplektatsiyalar uchun 50% boshlang‘ich to‘lov asosida hisoblangan. Boshlang‘ich va oylik to‘lov miqdori tanlangan komplektatsiya hamda to‘lov rejasiga bog‘liq.

Avtomobillar chegirmasiz narxlarda taklif etiladi.