Yarimoʼtkazgichlar
Avval xabar qilinganidek, barcha mamlakatlardagi avtomobil sanoati yarimo'tkazgichlarning global tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan og'ir davrlarni boshdan kechirmoqda. Mikrochiplarning kam ishlab chiqarilishi natijasida bir qator yirik avtomobil zavodlari to'liq yopildi.
“UzAuto Motors” kompaniyasi xalqaro muammolardan zavodlar faoliyatini to’liq to’xtatmagan holda hamda ish o’rinlarini qisqartirmasdan eng kam salbiy oqibat bilan chiqib ketishga erishdi. Shunga qaramasdan, ko’pchilik ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketganligining guvohi bo’lishdi va oqibatda yangi avtomobillarning yetishmovchiligi kuzatildi.
Ushbu salbiy oqibatlar avtomobillarni sotish hamda sotib olishning noqonuniy yo’llarini keltirib chiqardi. Shaffof savdo tizimining mavjudligi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha turli xil chora-tadbirlarga qaramay, ba’zi bir shaxslar o’z daromadini chiqarib olish hamda tizimni chetlab o'tishning yangi metodlarini topishadi.
Shunday qilib, yaqinda sotuv tizimi yordamida bir shaxs tomonidan avtomobillarni sotib olish uchun 10, 20 va hattoki, 200 ta kelishuv shartnomalarining tuzilganlik holatlari aniqlandi. O’rganishlar shuni ko’rsatdiki, ushbu shaxslar yuzaga kelgan holatni o’z biznesiga aylantirib, qo’yilgan navbatini kutishni xohlamaydigan shaxslarga o’z navbatini imtiyozli berish maqsadida shartnomalar tuzishadi.
Ba’zilarning ajralib turish istagi va avtomobillarni qisqa vaqt ichida olishga bo’lgan xohishi hamda boshqalarning birinchilar hisobiga ko’ra boy bo’lish istagi boshqa barcha mijozlarning noroziligiga olib keladi va bu kompaniyaga ta'sir qiladi. “UzAuto Motors” hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mijozlarning shaxsiy murojaatlari va shikoyatlarisiz na tezkor chora-tadbirlar ko’rish, na jinoiy ish bo’yicha tergov olib borish huquqiga ega emas.
Eslatib o'tamiz, joriy yilda kompaniyaning ishonch telefon raqamlari va call-center xizmatiga "shapka" ga oid birorta ham shikoyat kelib tushmadi. Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlariga ham bunday murojaat bo’lmagan.
Noqonuniy bitimlar tuzishda qatnashgan har bir ishtirokchi jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu hodisa haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki kompaniyaning call-center xizmatiga xabar berish har bir fuqaroning burchidir.
“UzAuto Motors” kompaniyasi yangi avtomobillarni sotish va sotib olishning barcha noqonuniy yo’llarini oldini olish uchun savdo ma’lumotlar bazasini Davlat yo'l harakati xavfsizlik xizmati inspeksiyasining yangi avtomobillarni ro’yxatdan o’tkazish bazasi bilan sinxronlashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ko’magidagi hamkorlikni o’zida aks ettirgan ushbu loyiha o’sha noqonuniy boyish tizimi paydo bo’lishining oldini oladi va avtomobilni olishda navbatni berishning imkonsizligini ta'minlaydi.
Agar siz avtomobil sotib olish jarayonida tamagirlik yoki korrupsiyaning boshqa turlari bilan to’qnashsangiz, xususan u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnomaning yo'qligi kuzatilsa, Sizdan zudlik bilan “UzAuto Motors” kompaniyasi call-center markazining telefoni 78 141 – 77 -77 yoki O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga qo’ng’iroq qilishingizni so’rab qolamiz.
Shaxsiy ma’lumotlaringiz maxfiyligi kafolatlangan!