Yarimoʼtkazgichlar

“UzAuto Motors”da “Yoshlar kuni”
2021-07-01 07:55:37 Yarimoʼtkazgichlar
 
                          Yarimoʼtkazgichlar

 

Bugun “UzAuto Motors” AJ da faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha boʻlgan xodimlar bilan karantin tartib qoidalariga to’liq rioya etilgan holda uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuv "UzAuto Sanoat" AJ, "UzAuto Motors" AJ, "Khorezm Auto" rahbarlari boshchiligida bo’lib o’tdi. 

“Yoshlar kuni!” munosabati bilan kompaniyada faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha boʻlgan yosh xodimlar bayram bilan tabriklandi. 

Kompaniya yoshlari oʻzlarining kreativ fikrlashi, tashabbuskorligi bilan alohida oʻringa ega ekanligi ta’kidlab oʻtildi. Shuningdek, xodimlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarga boʻlgan e’tibor masalasi siyosat darajasida ko’tarilgani va bu borada kompaniyada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Uchrashuv davomida yoshlar ham o’z tengqurlarini tabriklab, ularga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Kelajakda yuqori natijalarga erishish, yangi marralarni zabt etish uchun yanada ko’proq izlanishlarini ta’kidlab o’tishdi.

Uchrashuv so’ngida kompaniyaning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillari sovgʻalar bilan taqdirlandi.