Yangiliklar

Diqqat tanlov!
2022-02-12 07:38:38 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Diqqat tanlov!

“UzAuto Motors” AJ OAV xodimlari uchun “Mahalliy avtosanoat – buguni va ertasi, muammo va istiqbollari” mavzusiga oid ijodiy tanlov e’lon qiladi.

Bugungi kunda mahalliy avtomobil sanoati katta e’tiborni tortmoqda. Bu haqida bloger va jurnalistlar yozishmoqda, reportajlar tayyorlanmoqda, parodiyalar ijro etilmoqda. Ammo kim mahalliy avtosanoatning muammolari va istiqbollari haqida gapiradi? Bunga “UzAuto Motors” AJ tomonidan tashkil etilgan ijodiy tanlov yordam beradi.

Tanlovda respublika bosma ommaviy axborot vositalari, televideniye, radio, Internet nashrlar, axborot agentliklari, blogerlar, fotograflar, shuningdek, jurnalistika, media kommunikatsiya, PR va reklama fakulteti talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun “O’zavtosanoat” AJ tarkibidagi istalgan korxona haqida yoki umumiy avtomobilsozlik sanoatiga oid maqola, intervyu, foto-video materiallar ko’rinishidagi jurnalistik materiallar taqdim etilishi zarur.

2022 yilning 17-fevralidan 17-iyun sanasigacha jurnalist va blogerlar tomonidan respublika ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallar qabul qilinadi. Tanlov ishtirokchilari o’z materiallarining asl nusxasini taqdim etishlari kerak bo’ladi. Bir ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan ishlarning soni cheklanmagan.

Materiallarga talablar:

✅ Matnli materiallar: maqola, intervyu – Word shaklida 7 000 belgigacha bo’lgan ishlar qabul qilinadi.

✅ Fotoreportaj: fotosuratlar izohli bo’lishi kerak. Taqdim etilgan ishlar soni JPG formatida bitta reportajda 7 (yetti) tadan ko‘p bo‘lmagan fotosuratlardan iborat bo’lishi kerak.

✅ Video/audio reportaj: Ishlar AVI, MPEG4, mp4/mp3, wav formatlarida qabul qilinadi. Davomiyligi telereportaj uchun 5 (besh) daqiqadan, videoblog uchun 20 (yigirma) daqiqadan oshmasligi kerak.

✅ Tahliliy: voqeani baholash, prognozlar, modellar, voqea rivojlanishi.

Tanlovga materiallar o’zbek va rus tillarida qabul qilinadi.

Eng yaxshi ijodiy ishlar quyidagi nominatsiyalar bo’yicha tanlanadi:

✅ Eng yaxshi intervyu;

✅ Eng yaxshi maqola;

✅ Eng yaxshi foto-video reportaj;

✅ Eng yaxshi tahliliy maqola.

Tanlov mezonlari:

✅ Mavzuning chuqur yoritilganligi;

✅ Professional yondashuv

✅ Ijodiy yondashuv.

Ijodiy ish mualliflari har bir nominatsiya bo’yicha birinchi o’rindan uchinchi o’ringacha professional jurnalistik faoliyatida zarur bo’ladigan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ko’plab rag’batlantiruvchi mukofotlar ham mavjud.

Ishtirokchilar o’z materiallarini сontest@uzautomotors.com elektron manziliga yuborishlari lozim. Shu bilan birga, ishtirok etish uchun arizani to’ldirib, ilova qilish kerak bo’ladi. Ariza nusxasini “UzAuto Motors” AJ saytining quyidagi havolasi orqali yuklab olish mumkin .

Natijalarni sarhisob qilish hamda g’oliblarni e’lon qilish “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” arafasida bo’lib o’tadi.