Yarimoʼtkazgichlar
Yarimo’tkazgichlar global tanqisligi deyarli barcha avtokonsernlar o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Qisqacha tafsilotlar:
live24.ru saytining Reuters axborot agentligi bergan ma’lumotiga tayanib keltirishicha, nemis brendi BMW zavodi 30 yil davomida yarimo’tkazgichlar yetishmovchiligidan eng og’ir ahvolda qolmoqda.
Avtokonsernning moliyaviy direktori Stellantisning aytishicha, yarimo’tkazgichlar bilan bog’liq muammolar yil yakuniga qadar yaxshilanmay, oxir-oqibat kompaniyaning ishlab chiqarish dasturini 1,4 million avtomobilga qisqartirishga majbur qiladi.
BMW tanqislik bilan bog’liq muammolar yilning ikkinchi yarmida ko’payishini tan olishni boshlamoqda. Yil oxiriga kelib nemis brendi avtomobillarining sotilish hajmi kamayishi kutilmoqda. gdeichto.ru sayti Xitoyda Amerikaning Tesla avtomobillari savdosi iyul oyining o’zida, komponentlarning yetishmovchiligi tufayli 70%ga kamayib, 8621 donani tashkil etganligini xabar bermoqda.
Nissan yetishmovchilik sababli AQShdagi zavodini vaqtincha yopishga to’g’ri keldi. Kompaniya Tennessi shtatida koronavirus tarqalishi oqibatida dasturiy ta'minot yetishmasligi tufayli Singapurdagi yirik zavodini 2 haftaga yopilganini ma’lum qildi.
Nissan tanqislikni Malayziyadagi chiplar ishlab chiqarish zavodida COVID 19 tarqalganidan so’ng yuzaga kelganligini aytmoqda. 6700 odamni ish bilan ta’minlagan, 60 mln kvadrat metr keladigan Memfise zavodida Nissanning 6 modeli ishlab chiqariladi. Shu jumladan kompaniyaning AQShda eng ko'p sotiladigan avtomobili Rogue ham. Tahlilchilarning aytishicha, Nissan yirik zavodining ikki haftalik yopilishi yarimo'tkazgichlar tanqisligi shu yil oxiriga qadar yo'qolmasligini ko'rsatadi.
Jeep elektronika tanqisligi sababli, Gladiator modelini ishlab chiqarishni to’xtatdi deb Motor.ru sayti xabar beradi. Pikap yarimo’tkazgichlar yetishmovchiligining navbatdagi qurboni bo’ldi.
Stellantis avtokonserni AQSHning Ogayo shtatidagi zavodida Jeep Gladiator modelini noma’lum muddatgacha ishlab chiqarishni to’xtatganligini ma’lum qiladi. Sabab qilib esa, koronavirus pandemiyasi tufayli yarimo’tkazgichlarning tanqisligini ko’rsatadi. Xuddi shu sabab bilan, Illiyons shtatida Cherokee va Meksikadagi Compass modellarini ishlab chiqarish to’xtatilgandi.