Yangiliklar

YODDA QOLARLI TURIN POLITEXNIKA MUZEYIGA BO’LGAN SAYOHAT
2021-04-21 22:51:12 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Joriy yilning 21-aprel kuni “UzAuto Motors” AJ kompaniyasi homiyligidagi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti "Хalqaro turizm" fakultetida tahsil olayotgan talabalar hamda yirik turistik kompaniya vakillari ishtirokida Toshkent Politexnika muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Muzey ekspozitsiyalarida mehmonlar uning tashkil etilish tarixi, hozirgi faoliyati va avtomobilsozlik sanoatining rivojlanish bosqichlari bilan tanishishdi.

Ekskursiya doirasida qatnashchilar zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarilishining barcha jarayonlarini, shu qatorda butun dunyodan jamlangan yirik va noyob retro-avtomashinalar to ‘plamini ko ‘rishdi. 

Ekspozitsiyada mahalliy avtosanoat tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar, korxonalarning miniatyura nusxalari, shuningdek Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan turli xil loyihalar namoyish etildi. 

Xohlovchilar elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo'ljallangan velosipedlarni sinovdan o'tkazib, Tesla lasanini ko’rish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Mehmonlar “UzAuto Motors” AJ hamda Toshkent Politexnika muzeyi xodimlariga esda qolarli ekskursiya uchun alohida minnatdorchilik bildirishdi!