Yangiliklar

Endi shahrimiz ko'chalarida o'zimizning Chevrolet Tracker
2022-09-06 14:24:31 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni o’zida mujassam etgan ixcham krossover Chevrolet Tracker avtomobilini yetkazib berishni boshladi. 

Kecha, 5 sentabr kuni eng ilg’or xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan Chevrolet Tracker modelining egalariga avtomobilning kalitlari topshirildi.

Eslatib o’tamiz, 30 avgust kuni Chevrolet Tracker avtomobilini sotib olish uchun shartnoma tuzish boshlangandi. 

E’tiborlisi, avtomobillarga shartnoma tuzish boshlangan birinchi kunning o’zidayoq, avtosalonlarda bir necha soat ichida yangi modelni xarid qilish istagini bildirgan xaridorlar tomonidan 1.5 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnoma imzolangan. Sotuv boshlangan birinchi kunning o’zida jami 7 471 dona avtomobil uchun shartnoma tuzilgandi.

O’zgacha dizayn va zamonaviy opsiyalar hamda yuqori xavfsizlik texnologiyalariga ega bo’lgan ushbu avtomobil modeli yurtimiz avtomobilsozlik sanoati rivojlanishida oldinga tashlangan yana bir ulkan muvaffaqiyatli qadam bo'ldi.