Yangiliklar

FAKE XABAR QURBONI BOʻLMANG!
2022-11-15 03:40:04 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugun, 13-noyabr kuni UzAuto Motors kompaniyasiga qarashli boʻlgan rasmiy saytga xakerlar hujumi uyushtirildi.

Ushbu hujum xarid tenderlarini e’lon qilish uchun yaratilgan saytda amalga oshirilgan. Ammo sayt faoliyatiga hech qanday zarar yetkazilmagan. Hujum maqsadi ma’lum emas.

Kompaniya mutaxassislari keng jamoatchilik oʻrtasida turli igʻvo va tushunmovchiliklarni yuzaga keltirish uchun xakerlik hujumi uyushtirilgan deb taxmin qilmoqda.

Telegram kanallarda avtomobil olish boʻyicha tarqalgan xabarlarga keladigan boʻlsak, ushbu hujum avtomobil sotib olishga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi.

Shuningdek, xaridlar amalga oshiriladigan saytda mijozlarga tegishli shaxsiy ma’lumotlar mavjud emas.

Ayni paytda sayt avvalgidek oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Hurmatli fuqarolar bu kabi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolgʻon va vahimali, soxta xabarlarga ishonib qolmasliklaringizni soʻrab qolamiz.