Yangiliklar

FAKTLARNING BUZIB KO'RSATILISH
2021-10-07 01:49:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

2021 yilning 5 oktabr kuni informatsion kanallarning birida Chevrolet Cobalt avtomobilining bo’yog’i bilan bog’liq muammoli vaziyat keltirilgan maqola e’lon qilindi. Haqiqatdan ham bunday holat yuz bergan edi. Ammo maqolaning sarlavhasida faktlar noto’g’ri keltirilgan. Bo’yoq maqola muallifi yozganidek avtomobil kuzovidan ko’chmagan. Avtomobil kuzovi va bamperida rang tafovutlari hamda kapotida dog'lar paydo bo’lgan. Avtomobil egasining shikoyati 2021 yil 12 avgustda tegishli fotosuratlar bilan texnik hisobotda qayd etilgan va hujjatlashtirilgan (skaner qilingan hisobot ilova qilingan)

Bu vaziyatda “UzAuto Motors” kompaniyasi ushbu hodisani o'rganib chiqib, iste’molchi da’vosini qabul qildi va avtomobil yangisiga almashtirildi.

Muammo o’z yechimini topdi. Xaridor talabi 100% bajarildi.

Endilikda boshqa bir savol paydo bo’lmoqda. Oradan bir oy vaqt o’tgach, ushbu masalani ko'tarish kimga kerak bo’ldi? Ma’lumotni noto’g’ri talqin qilish, negativ sarlavhalarni yozish nimaga kerak bo’ldi? Bu “UzAuto Motors” nomini bulg’ashga bo’lgan navbatdagi urunish ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. Nima uchun? Xulosa o’zingizdan…